Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2025

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
1 2 3 4 5 6 7 8
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Ozarbayjon tili va madaniyati: o‘zbek talabalarining yangi tajribasi.


O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi va O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, mazkur institut talabalari Markazda akademik amaliyot o‘taydi.

Bu tashabbus ikki qardosh xalq o‘rtasidagi do‘stlik va madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Loyiha doirasida talabalar Щzarbayjon tili kurslarida qatnashadilar, shu bilan birga turli madaniy tadbirlarni tashkil etishda ishtirok etib, mahalliy muhitda bilim va ko‘nikmalarini oshiradilar. Amaliyot dasturi davomida ular Ozarbayjon tarixi, adabiyoti va san’ati bilan yaqindan tanishadilar, milliy-madaniy merosimiz haqida chuqurroq ma’lumotga ega bo‘ladilar.

Ushbu loyiha talabalar uchun ham akademik, ham amaliy bilim olishlari uchun ajoyib imkoniyatdir. O‘zbekistonda ozarbayjon tilini o‘rganish ikki davlat o‘rtasidagi ilmiy va madaniy hamkorlikni rivojlantirishga muhim hissa qo‘shadi. Bundan tashqari, dastur ishtirokchilari kelajakda Ozarbayjon-O‘zbekiston munosabatlarida muhim o‘rin tuta oladigan mutaxassislar sifatida yetishib chiqadi.

Ta’kidlash joizki, mazkur tashabbus Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi so‘nggi yillarda jadal rivojlanib borayotgan do‘stona munosabatlarning ko‘rsatkichidir. Kelgusida bu kabi dasturlarni davom ettirish, yanada keng ko‘lamli tashabbuslarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

13.02.2025



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint