XABARLAR 2025
“O‘zbekiston – Ozarbayjon” do‘stlik jamiyati ijrochi direktori O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markaziga tashrif buyurdi.
“O‘zbekiston – Ozarbayjon” do‘stlik jamiyati ijrochi direktori, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti professori Erkin Nuriddinov va O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining yangi direktori etib tayinlangan Akif Marifli o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ozarbayjon Madaniyat Markazida boʻlib oʻtgan uchrashuvda Erkin Nuriddinov Markazning yangi direktori Akif Mariflini faoliyati boshlangani bilan tabriklab, faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.
Suhbat chog‘ida Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniyat, fan va ta’lim sohalaridagi aloqalarni yanada kengaytirish, qo‘shma hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlarida Ozarbayjon tili va adabiyotini keng targʻib qilish borasidagi saʼy-harakatlarni kuchaytirish, universitetlarimiz oʻrtasidagi aloqalarni kengaytirish muhimligi va ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari muhokama qilindi.
“O‘zbekiston – Ozarbayjon” do‘stlik jamiyati va Ozarbayjon Madaniyat Markazi o‘rtasida joriy yil uchun birgalikda hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
14.01.2025