Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi ikki qardosh o’lka – Ozarbayjon va O'zbekiston o'rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlab, madaniyat va turizm sohasidagi munosabatlarni rivojlantirmoqda, shuningdek Ozarbayjonning madaniyati, tarixi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti va sayyohlik salohiyatini targ’ib etmoqda.
Markaz O'zbekistonda yashovchi ozarbayjonlarga madaniy aloqalarni o'rnatish va munosabatlarni rivojlantirishda yordam beradi. Har kim istasa Markaz kutubxonasida mavjud bo'lgan ilmiy, texnik hujjatlar, kitoblar, gazetalar, jurnallar va elektron nashrlardan foydalanish uchun Markazga murojaat qilishi mumkin.
Madaniyat Markazida uchta muzey (Haydar Aliyev nomidagi muzey, Ozarbayjon va O'zbekiston do'stligi muzeyi, Ozarbayjon davlatchiligi tarixi muzeyi), kutubxona va turli to'garaklar mavjud. Markaz kutubxonasining ish vaqti: kutubxona shanba va yakshanba kunlaridan tashqari har kuni soat 9-00 dan 18-00 gacha ishlaydi.
Haydar Aliyev nomidagi Madaniyat Markazida turli kurslar va to'garaklar mavjud.
Raqslar, musiqa klubi, rasmlar to'garagi, kompyuter va ozarbayjon tili kurslarini tilga olish mumkin.
Markazda "Ozarbayjon qizlari" raqs guruhi va "Ozarbayjon" musiqiy-cholg’u guruhi tashkil etilgan.
2013 yildan boshlab Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi o'z faoliyatini kengaytirib, muhim tadbirlarni o'tkaza boshladi.
Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi hozirgi kunda Ozarbayjon Respublikasining O'zbekistondagi elchixonasi ko'magida o'z faoliyatini rivojlantirmoqda, qardosh O'zbekistonda Ozarbayjonning boy madaniyatini namoyish etmoqda, madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashga harakat qilmoqda.