Diaspora ishi, mahalliy ozarbayjonlar
merosini targ'ib qilish
O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi asosida O'zbekistonda yashab va ijod qilgan mashhur ozarbayjonlar merosini targ'ib qilish borasida muhim ishlar amalga oshirilmoqda.
Taniqli rassomlar Yusif Husaynov va Eynulla Aliyev, shoir Ixtiyor Rizo yashagan uylarning ustida ularning xotira lavhalari - barelyeflari ochildi.
Sayid Rizo Alizoda, Maqsud Shayxzoda va Firudin Safarov kabi mashhur arboblarning yubiley marosimlari bo'lib o'tdi.
Samarqand shahrida 2017 yilda Ozarbayjon madaniyati haftaligi doirasida Samarqand Davlat universitetida Seyid Rizo Alizoda nomidagi Ozarbayjon-O'zbekiston Do'stlik markazi ochildi.
Mashhur ozarbayjonlarga bag'ishlangan ko'plab anjumanlar, yubiley tadbirlari, hujjatli film tayyorlandi.
O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi, "Do'stlik '" ordeni sohibi Kaykep Aliyeva tavalludining 80 yilligi munosabati bilan Ozarbayjon Respublikasi Faxriy Madaniyat arbobi unvoni bilan taqdirlandi.
O'zbekistonda taniqli Ozarbayjon opera rejissyori, Ozarbayjon va O'zbekiston Xalq artisti Firudin Safarov tavalludining 85 yilligi keng nishonlandi.
Hozirgi kunda Ozarbayjon Madaniyat Markazining Ozarbayjon-O'zbekiston Do'stlik muzeyida "O'zbekistonda tanilgan ozarbayjonlar" maxsus burchagi yaratilmoqda.