Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi qoshidagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi ikki qardosh mamlakat - Ozarbayjon va O'zbekiston o'rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash, madaniyat sohasida hamkorlikni rivojlantirish bilan birga, turli madaniyat sohalarida kurslar tashkil etib, Ozarbayjon va o'zbek farzandlari orasida iste'dodlarni aniqlab, ular ijodini qo'llab-quvvatlamoqda.
Darslar bepul. Haftada 3 marta o'tkaziladi: dushanba, seshanba, chorshanba kunlari soat 15:00 da. Ro'yxatdan o'tish uchun shaxsini tasdiqlovchi hujjat bo'lishi kerak.
Joriy yilning 1 aprelidan boshlab Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida rasm kurslari ishga tushirildi. Ta'kidlash kerakki, kurslarga 30 dan ortiq bolalar va o'smirlar qatnashmoqda. Kurslarga qabul qilish kichik kirish imtihoni bilan amalga oshiriladi. Kurslarda Paint chizmachilik, Ozarbayjon va O'zbekistonga oid rangtasvir san'ati va uning sirlari o'rgatiladi.
Kurslarga O'zbekiston Respublika ixtisoslashtirilgan san'at maktabi talabasi, ozarbayjonlik rassom Mammad Axmedov ustozlik qilmoqda. Kurslarning dastlabki kunlaridagi mavzu Ozarbayjon, uning boy madaniyati, Ozarbayjon yodgorliklari, diqqatga sazovor joylari va tarixi bo'ladi.