O‘ZBEKISTONDAGI HAYDAR ALIYEV NOMIDAGI OZARBAYJON MADANIYAT MARKAZINING DIASPORA QURILISHI SOHASIDAGI FAOLIYATI
2013-yildan boshlab O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi loyihasiga ko‘ra qardosh o‘lkada Ozarbayjon diasporasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir qator ishlar va loyihalarni amalga oshirdi.
Xususan, Ozarbayjon diasporasi vakillari bo‘lgan mashhur ozarbayjonlarning merosini targ‘ib qilish va ularning xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha amaliy ishlarga qo‘l urildi.
Taniqli ozarbayjonlik rassom Yusuf Huseynov, shoir Ixtiyor Rizoning Toshkent shahridagi uylariga ularning yodgorlik lavhalari ‒ barelyeflari o‘rnatildi.
Bundan tashqari, Samarqand shahrida yashagan taniqli ozarbayjonlik san’atkor, Samarqand Badiiy Akademiyasining rahbari sifatida faoliyat olib borgan, so‘z mulkining sultoni bo‘lgan Mir Alisher Navoiyning haykalini yaratgan haykaltarosh Eynulla Aliyevning xonadonidan ham uning barelyefi o‘rin oldi.
Ozarbayjon Madaniyat markazi tomonidan ochilgan barelyeflar va barelyef atrofidagi hududlarni obodonlashtirishni nazorat qilish va va har yili ushbu odamlar xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlarni o‘tkazish to‘g‘risida Mahalliy boshqaruv organlari hamda Ozarbayjon diasporasi tashkiloti bilan kelishuvga erishildi.
Har yili Sayid Rizo Alizoda, Maqsud Shayxzoda, Firudun Safarov, Kaykeb Aliyeva kabi mashhur arboblarning yubiley va tug‘ilgan kunlari tadbirlari, shuningdek, O‘zbekistondagi mashhur ozarbayjonliklarga bag‘ishlangan ko‘plab anjumanlar, yubiley tadbirlari, hujjatli filmlar taqdimoti o‘tkazilmoqda.
2017-yilda Samarqandda bo‘lib o‘tgan Ozarbayjon madaniyati haftaligi doirasida Samarqand Davlat universitetida Sayid Rizo Alizoda nomidagi Ozarbayjon-O‘zbekiston Do‘stlik Markazining ochilishi bo‘lib o‘tdi.
Markazning ochilishida ishtirok etgan Sayid Rizo Alizodaning nabirasi, taniqli olim Farhod Alizoda har ikki davlat bayroqlari bilan bezatilgan, madaniyatimiz va adabiyotimiz haqida boy ma’lumotlarni o‘zida jamlagan ushbu markazga bobosining nomi berilganidan faxrlanishini ta’kidladi. U xorijiy mamlakatlarda yashayotgan taniqli vatandoshlarimiz merosini o‘rganib, targ‘ib qilishdagi ulkan xizmati uchun Ozarbayjon davlatiga, uning Prezidenti Ilhom Aliyevga samimiy minnatdorlik bildirdi.
Bu kabi tadbirlar boshqa yurtdoshlarimiz uchun ham katta rag‘bat bo‘lishini ta’kidlagan olim, Ozarbayjon Madaniyat Markazi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.
Ta’kidlash joizki, markazda kutubxona faoliyat ko‘rsatmoqda, hujjatli va badiiy filmlar namoyish etilmoqda, uchrashuvlar, adabiy kechalar, ochiq darslar, mahorat darslari, fan, madaniyat, ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha turli tadbirlar o‘tkazilayotir. Shu munosabat bilan Ozarbayjon Madaniyat markazi tomonidan tashkil etilgan bu markazga mamlakatimiz haqidagi ko‘plab kitoblar, hujjatli va badiiy filmlar, ko‘rgazmali qurollar taqdim etildi.
Ozarbayjon Madaniyat markazi loyihasiga ko‘ra, o‘zbek adabiyotining mashhur dramaturgi, Ozarbayjon shoiri Maqsud Shayxzodaning hayoti va ijodi haqida “O‘zbekkino” Milliy Agentligi bilan birgalikda “Maqsud Shayxzoda ‒ ozodlikka intilgan shoir” hujjatli filmi suratga olindi.
Ozarbayjon Madaniyat Markazi ko‘magida hujjatli film ijodiy jamoasi Bokuga, shuningdek, Shayxzoda tug‘ilgan Oqtosh tumaniga tashrif buyurib, maxsus suratga olish ishlari olib borilganini qayd etish o‘rinli.
2021-yilning 10-sentabrida Toshkentdagi “Adiblar xiyoboni”da “O‘zbekkino” Milliy Agentligi buyurtmasiga binoan O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi ko‘magida “First Art Media” kompaniyasi o‘zbek adabiyotining klassik adibi, shoir, tarjimon, o‘qituvchi, yurtdoshimiz Maqsud Shayxzoda haqidagi “Maqsud Shayxzoda: ozodlikka intilgan shoir” filmining taqdimoti o‘tkazildi.
“O‘zbekkino” Milliy Agentligi Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Shuxrat Rizayev, Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov o‘z nutqlarida 2021-yilda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Toshkentda mashhur mumtoz shoir va yozuvchilar haqida hujjatli va badiiy filmlar suratga olingani, “Adiblar xiyoboni”da ularga atab yodgorliklar o‘rnatilgani, asarlari qayta nashr etilganini e’tirof etishdi. Ma’ruzachilar bu adiblar orasida o‘zbek adabiyotining taniqli vakili, ozarbayjonlik Maqsud Shayxzoda ham borligini qayd etib o‘tishdi.
Tadbirda Maqsud Shayxzodaning xizmatlari O‘zbekiston davlati tomonidan yuqori baholanib, u “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni va boshqa mukofotlar bilan taqdirlangani ta’kidlandi.
Ma’ruzachilar Maqsud Shayxzoda haqida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: “Maqsud Shayxzoda tarixiy va ma’naviy qarindoshligimizning yorqin ramzi bo‘lib, XX-asr o‘zbek adabiyotining eng yaxshi vakillarining faxriy ro‘yxatiga kiritilgan” degan so‘zlaridan iqtibos keltirdilar.
Ozarbayjonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbekistonning “Do‘stlik” ordeni sohibi Kaykep Aliyeva tavalludining 80 yilligi munosabati bilan u Ozarbayjon Respublikasining “Faxriy Madaniyat Xodimi” unvoniga sazovor bo‘ldi.
O‘zbekistonda taniqli bo‘lgan Ozarbayjon opera rejissori, Ozarbayjon va O‘zbekiston xalq artisti Firudin Safarov tavalludining 85 yilligi keng nishonlandi.
2021-yilda Ozarbayjon Madaniyat Markazining Ozarbayjon-O‘zbekiston Do‘stlik Muzeyida “O'zbekistondagi taniqli ozarbayjonliklar” maxsus burchagi tashkil etildi.
Muzeydan o‘zbek adabiyotining mashhur shoiri, dramaturg Maqsud Shayxzoda, taniqli rassomlar Yusuf Husaynov, haykaltarosh Eynulla Aliyev, shoir Ixtiyor Rizo, Ozarbayjonning O‘zbekistondagi birinchi elchisi Oydin Azimbekovning byustlari va ularning hayoti va faoliyatini aks ettiruvchi maxsus bannerlar joy olgan.
Bannerlarda ozarbayjonliklarning O‘zbekistonning ijtimoiy va madaniy hayotidagi o‘rni, ularning ikki xalq va davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni rivojlantirishdagi xizmatlari yoritilgan bo‘lib, 3 tilda qiziqarli fotosuratlar taqdim etilgan. Burchakda ularning bir qator shaxsiy buyumlari joy olgan.
Muzeyda yaratilgan ushbu burchak O‘zbekistondagi taniqli ozarbayjonliklarning merosiga Ozarbayjon davlati tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tibor hamda hurmat belgisi bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz.
2022-yilning 17-aprel sanasida O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi asosan Ozarbayjon madaniyati kunlari doirasida taniqli raqqosa, Ozarbayjon va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, Haydar Aliyev Ozarbayjon Madaniyat Markazining “Ozarbayjon qizlari” raqs ansambli rahbari, hayotining katta qismini Ozarbayjon musiqasi va raqsini O‘zbekistonda targ‘ib qilishga bag‘ishlagan Kaykep Aliyevaning yodgorlik lavhasi ochildi.
Ochilish marosimida Ozarbayjon delegatsiyasi bilan birga O‘zbekiston-Ozarbayjon Do‘stlik Jamiyati rahbariyati, ushbu mamlakat madaniyat va san’at namoyandalari, jamoat arboblari ham ishtirok etdi.
Dastavval, xotira lavhasining ochilish lentasi kesiladi. Marosimda O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov ikki mamlakat o‘rtasida madaniyat sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar haqida gapirar ekan, Ozarbayjon va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbekiston Respublikasining “Do‘stlik” ordeni va Ozarbayjon Respublikasining “Faxriy Madaniyat Xodimi” unvoni sohibi Kaykep Aliyevaning hayoti va ijodi haqida so‘zlab berdi.
Ozarbayjon Milliy Majlisi Madaniyat qo‘mitasi raisi Ganira Pashayeva, Ozarbayjon Madaniyat vazirligi bo‘lim boshlig‘i Akif Marifli, O‘zbekiston-Ozarbayjon Do‘stlik jamiyati rahbari, professor Erkin Nuriddinovlar ham chiqish qilib, milliy madaniyatlarimizni targ‘ib qilib, mustahkam ko‘prik yaratayotgan madaniyat arboblarining xizmatlarini alohida ta’kidlab, Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi doirasida O‘zbekistondagi taniqli ozarbayjonliklarning merosini abadiylashtirish va targ‘ib qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdilar.
Yodgorlik lavhasi Toshkentdagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining buyurtmasiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi Marina Borodinova tomonidan tayyorlangan.
Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi O‘zbekistondagi Ozarbayjon diasporasi tashkiloti bo‘lgan Ozarbayjon Milliy Madaniyat markaziga tadbirlarni tashkil etishda, Ozarbayjon haqidagi targ‘ibot materiallari, kitoblar va boshqa nashrlarni yetkazib berishda muntazam ravishda amaliy yordam ko‘rsatib kelayotir.
2022-yilning 10-iyunida kuni O‘zbekistonning Toshkent viloyati Nurafshon shahrida “Do‘stlik uyi”ning ochilish bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida Do‘stlik uyida Ozarbayjon Milliy Madaniyat Markazining yangi ofisi o‘z faoliyatini boshladi.
Tadbirda viloyat rahbariyati, olimlar, madaniyat arboblari, O‘zbekiston jamoatchiligi vakillari, Ozarbayjon Respublika Milliy Madaniyat Markazi, Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi vakillari, Qozog‘iston, Turkmaniston, Rossiya, Tojikiston, Qirg‘iziston madaniyat markazlari vakillari, shuningdek, talabalar va mahalliy yoshlar ishtirok etishdi.
Ozarbayjon uchun ajratilgan xonada mamlakatimiz bayrog‘i, buyuk rahbar Haydar Aliyevning hayoti va ijodiga oid lavhalar, Ozarbayjon va O‘zbekiston Prezidentlarining uchrashuvlardagi suratlari, Prezident Ilhom Aliyev rahbarligidagi mamlakatimizning iqtisodiy rivojlanishi haqida hikoya qiluvchi kitoblar, nashr etilgan nashrlar, esdalik sovg‘alari, shuningdek, Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan Ozarbayjon tarixi va madaniyatiga oid o‘zbek tilida chop etilgan nashrlar, suvenirlar qad rostlagan. Ochilish marosimida har bir markaz o‘z xalqining milliy taomlari va shirinliklarini taqdim etganini qayd etish joiz.
Ta’kidlash joizki, Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Toshkent viloyatidagi Ozarbayjon milliy Madaniyat markazini mamlakatimizga oid ko‘rgazmali qurollar bilan ta’minlashda alohida yordam ko‘rsatdi.
Har yili O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan mamlakat hududlarida joylashgan diaspora tashkilotlarini jalb qilgan holda Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlari tadbirlarini o‘tkazish urfga kirgan bo‘lib, ularda ko‘plab diaspora faollari ishtirok etadi. Ushbu tadbirlar doirasida Toshkent, Samarqand, Navoiy, Buxoro viloyatlaridagi Ozarbayjon diasporasi tashkilotlariga mamlakatimiz haqidagi boy nashrlar to‘plami sovg‘a sifatida taqdim etilmoqda.
2022-yilning 1-noyabrida O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlari doirasida Buxoro viloyatida bo‘lgan Ozarbayjon delegatsiyasi butun mintaqadagi Ozarbayjon diasporasi tashkilotiga tashrif buyurib, ikki qardosh do‘stligiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etdi.
Ozarbayjon Milliy Majlisi Madaniyat qo‘mitasi raisi, Ozarbayjon-O‘zbekiston parlamentlararo aloqalar bo‘yicha ishchi guruhi a’zosi Ganira Pashayeva, Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov Buxoro viloyatining Kogon shahrida faoliyat yuritayotgan Ozarbayjon diasporasi tashkilotiga tashrif buyurib, mahalliy ozarbayjonliklar hamda shahar rahbariyati bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Buxoro viloyatidagi Ozarbayjon diasporasi tashkiloti rahbari Kamran Babayev ham ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekistondagi Ozarbayjon Madaniyat markazi loyihasiga ko‘ra Ozarbayjon milliy madaniyati targ‘ib qilgan, o‘zbek tilida chop etilgan 56 nomdagi kitoblar jamlanmasi Buxorodagi diaspora tashkilotiga sovg‘a qilindi.
Tashkil etilgan madaniy dasturda ozarbayjon va o‘zbek musiqalari, raqslari ijro etildi.
Qo‘mita raisi diaspora tashkilotlari va faollariga Qorabog‘ga oid esdalik sovg‘alarini topshirdi.