Tabiatning fasllari – qishi, bahori bor. Mamlakatlar va xalqlar ham hayotlarida qish va bahorga oʻxshash bosqichlarga duch keladilar. 1993 yilning issiq yozida Ozarbayjon oʻz tarixida eng sovuq qishni boshidan kechirdi. Ikki yil avval davlat mustaqilligini tiklagan mamlakatdagi manzarani qaydlarimizning ilk jumlasida qisqacha bayon etishga harakat qildik. Tafsilotlarga kelsak, menimcha, bunga ehtiyoj yoʻq. Oʻsha dahshatli kunlar shohidlari xotirasini yangilash kifoya.
Ozarbayjon xalqining baxti borligi uning Haydar Aliyev kabi buyuk oʻgʻli borligidir. Oʻsha beshafqat damlarda xalq donolik koʻrsatib, oʻz daho oʻgʻlini siyosiy hokimiyatga taklif qildi. Shu bilan qishdan bahorga oʻtish davri boshlandi, soʻnik umidlarga jon baxsh etdi.
.....