MUSHTARAK QADRIYATLARIMIZ
Mug'om san'ati
Mugom - badiiy hayajon va turli musiqiy obrazlar rivojini ifodalovchi musiqiy janr.
Mug'om – Ozarbayjon musiqasida og'zaki an'anaviy professional musiqa san'ati; og'zaki an'anaga ega bo'lgan Ozarbayjon mumtoz musiqasining janrlaridan biri; katta hajmli vokal-cholg'u yoki cholg'u asari.
Mug'omning tarixi juda qadimiydir Sharq musiqa san'atining ulug'vor yodgorligi bo'lgan mug'omning yaratilishini olimlar so'nggi ming yillikka, islomgacha bo'lgan davrga borib taqaladi deb hisoblaydilar. Uning ildizlarini zardushtlik bilan bog'laydilar. Mug'om so'zining ma'nosi ham Alloh tomonidan yuborilgan musiqa sifatida talqin qilingan. Mug'omning ilohiy qudrati insonlar qalbini poklashi haqidagi fikrlar ham bor. Qadimgi olimlar odamlarni mug'om sadolari bilan davolaganlari bejiz emas. Mug'omlarni sayyoralar bilan bog'laganlar: "Navo" mug'omini Oy bilan, "Busalik" – Merkuriy, "Rast" – Zuhro, "Arag" – Quyosh, "Ushshoq" – Mars, "Zirafkend" – Yupiter, "Rahavi" – Saturn sayyorasiga mos.
Qadimda professional xalq ijrochilari tomonidan yaratilgan musiqa "navo", "rah", "xosrovani" deb atalgan. Musiqa madaniyatining rivojlanishi bilan yangi shakl va janrlar vujudga keldi. Mug'omning janr sifatida shakllanishi XII – XIII asrlardagi "Musulmon Renessansi" davriga mansub. Bu davrda she'riyatning yuksalishi (Nizomiy, Xoqoniy, Nasimiy, Fuzuliy va boshqa shoirlar) mug'omning ham rivojiga turtki bo'ldi.
Mug'om san'ati Ozarbayjon xalqining qadimiy va boy tarixi, madaniy merosining muhim tarkibiy qismidir. Millatning milliy o'zligi, turmush tarzi va madaniyatining ko'rsatkichi bo'lgan bu boy san'at shakli xalqimizning jahon madaniy merosiga taqdim etgan eng katta xazinasidir.
Ozarbayjon mug'omi asrlar davomida xalqimiz ruhiga hayot bergan va u bugungi kunda ham hayot baxsh etib kelmoqda. Mug'om san'atimizda xalqimiz tafakkuri va fikrlash tarzi o'z aksini topgan. Muhabbat va nafrat, yaxshilik va yomonlik, hijron va visol, kurash va jang, ishonch va g'alabaga asoslangan mug'omlar mazmun va falsafiy zanginlik yaratib, har bir ozarbayjon ma'naviyatiga kirib borgan.
Mug'om san'atining boyligi, ulug'vorligi va abadiyligi ham bu qadriyatlarni asrdan asrga yetkazishidadir. Bularning barchasini inobatga olib, Ozarbayjon xalqining milliy rahbari Haydar Aliyev shunday degandi: "Bizning xalqimiz musiqa madaniyatining buyuk tarixiga ega. Ozarbayjon xalqining qadimdan to hozirgi kungacha yashab kelayotgan musiqasi, qo'shiqlari, Ozarbayjon mug'omlari milliy boyligimizdir".
Azərbaycanda muğamı adətən, muğam üçlüyün müşayiəti ilə xanəndə ifa edir. Belə ansamblın ifa etdiyi vokal instrumental bütöv muğam dəsgahı adlanır.
Ozarbayjonda mug'omni odatda mug'om uchligi jo'rligida xonanda ijro etadi. Bunday ansambl tomonidan ijro etilgan qo'shiq va cholg'u birligi to'liq mug'om to'plami deb ataladi.
Mug'omda aniq ritmga ega bo'lgan qo'shiq va raqs epizodlari o'rin almashadi. Qo'shiq epizodlari tasnif, raqslar esa rang deb ataladi.
Mug'om ijrosi nafaqat asbobni mukammal chalishni, balki butun kompozitsiya qurilishi qonuniyatlari uyg'unligini, shuningdek, bo'limdan bo'limga o'tish mantig'ini bilishni ham talab qiladi.
Asrlar davomida ustod xonandalar har bir kalom uzra so'z sarrofi kabi fikr yuritib, uning ma'no go'zalligi va ravonligiga alohida e'tibor berganlar. Nizomiy Ganjaviy, Muhammad Fuzuliy, Imodiddin Nasimiy, Mulla Panoh Voqif, Sayid Azim Shirvoniy, Xurshidbonu Notavon, Elog'a Vohid va boshqa shoirlar g'azallariga "Rast", "Shur", "Segoh", "Chahorgoh", "Bayoti-sheroz", "Shushtar", "Humoyun", shuningdek, "Shahnoz", "Mahur-hindi", "Rahab", "Hayrati", "Arazbari", "Siymoi-shams", "Mansuriya", "Qorabog' shikastasi", "Kasma shikasta" va boshqa mug'omlar bitmas-tuganmas so'z va san'at chashmasi kabi milliy musiqa madaniyatimizni boyitgan.
Ozarbayjon mug'omining eng mukammal ilmiy asosi XX asrda buyuk kompozitor Uzeyir Hojibeyov tomonidan qo'yilgan. Bu davrda Ozarbayjon bastakorlari va shoirlari uchun ilhom manbai bo'lgan mug'om qimmatbaho san'at asarlari yaratilishiga o'z ta'sirini ko'rsatdi. Uzeyir Hojibekov, Muslim Magomayev, Qora Qorayev, Fikrat Amirov, Niyoziy, Sulton Hojibekov, Jahongir Jahongirov, Sulaymon Alasqarov, Vasif Adigyozalov va boshqalar mug'om san'at asosida qimmatli san'at namunalarini yaratganlar. Ozarbayjon musiqasida simfonik mug'omlarning yaratilishi mug'om san'atining xilma-xilligini, uning cheksiz imkoniyatlarini ko'rsatmoqda. Fikrat Amirovning "Shur", "Gulistoni-bayoti-shiroz", Niyoziyning "Rast", Sulaymon Alasqarovning "Bayoti-sheroz" simfonik mug'amlari, Vasif Adigyozalovning "Qorabog' shikastasi" oratoriyasi, Voqif Mustafazoda mug'om asosida ijro etgan asarlar, bastalagan kuylar jahonning turli o'lkalarida tinglovchilarni maftun etgan.
O'tgan asrning 70-yillarida Ozarboyjon xalqining milliy qadriyatlarini asrab-avaylashga qaratilgan umummilliy rahbari Haydar Aliyev rahbarligida amalga oshirilgan tadbirlarning bir qismi sifatida mug'om san'atimiz yangi taraqqiyot bosqichiga kirdi, mug'om ijrochilari va bu san'atga hayot berayotganlarga hurmat-e'tibor bilan qaraldi. 1971 yilda YuNESKOning 50 ta albomdan iborat "Jahon an'anaviy musiqasi antologiyasi" turkumiga "Ozarbayjon musiqasi plastinkasi" kiritilgan bo'lib, 1975 yilda Ozarbayjon mug'omlari "Musiqiy manbalar" seriyasida chiqarilgan.
Mustaqillik yillarida Ozarbayjon musiqasi va mug'omi rivojida milliy rahbar Haydar Aliyevning alohida xizmatlari bo'lgan.
2002 yil noyabr oyida mug'om san'ati YuNESKO tomonidan "Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ ro'yxatiga" kiritildi. 2003 yil 16 mayda buyuk rahnamomiz tomonidan imzolangan "Ozarbayjon folklori namunalarini huquqiy himoya qilish to'g'risida" gi qonunga muvofiq mug'om-guruhlar, zarb mug'omlar, tasnif va ranglar ham himoya ostidagi folklor namunalari ro'yxatiga kiritilgan. Ozarbayjon mug'omi dunyoning turli festivallarida, xalqaro tanlovlarda, nufuzli madaniy-musiqiy tadbirlarda ulug'vorlik bilan jaranglamoqda. Bularning barchasi keyingi yillarda boy mug'om san'atimizni rivojlantirish va tanitish borasida qimmatli an'anaga asos soldi.
Bugun Ozarbayjonda mug'om san'atiga, musiqamizga chuqur muhabbat va hurmat bor. Uni asrab-avaylash va targ'ib etishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Yurtimizda mug'om sadosi yangramaydigan hech bir musiqiy tadbir yo'q. Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti janob Ilhom Aliyev buyrug'i bilan yaratilgan, yuksak saviyada bunyod etilgan Xalqaro Mug'om markazi qadimiy san'atga bo'lgan e'tibor va g'amxo'rlikning yana bir ifodasidir. Davlat boshchisi aytib o'tganidek: "Mug'om - Ozarbayjonning milliy boyligi. Asrlar davomida Ozarbayjon xalqi o'z hayotida bu go'zal san'atni yuksak qadrlab, qalblarida saqlab kelgan. Bugungi kunda avloddan-avlodga o'tib kelayotgan mug'om san'ati, bugungi kunda ham Ozarbayjonda yashamoqda, avaylab saqlanmoqda, rivojlanib bormoqda”.
2008 yilda Ozarbayjon mug'omlari YuNESKOning nomoddiy madaniy meros Reprezentativ ro'yxatiga kiritildi.
Bugungi kunda Ozarbayjon mug'om san'ati o'z tarixining yorqin davrni boshidan kechirmoqda. Chunki mustaqil yurtimiz o'z taqdirini o'zi hal etishga, milliy-ma'naviy qadriyatlarga ega bo'lishga qodir. Ozarbayjon mug'omi ham davlat tomonidan himoya qilinadi, targ'ib etilinadi va rivojlantiriladi. Madaniyatimizni ommalashtirish, milliy-ma'naviy qadriyatlarni asrab-avaylash borasida amalga oshirilayotgan loyihalar orasida mug'om san'atiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Mamlakatimiz poytaxtida Xalqaro Mug'om markazi tashkil etilgani bunga yaqqol misol bo'la oladi. Viloyatlarda Mug'om markazlarini tashkil etishni qo'llab-quvvatlovchi Haydar Aliyev jamg'armasi tashabbusi bilan Og'jabedida Qorabog' Mug'om markazi qurildi. Haydar Aliyev jamg'armasi tomonidan Ozarbayjon mug'omini rivojlantirish va ommalashtirish maqsadida turli tanlov va xalqaro festivallar o'tkazilmoqda.
Haydar Aliyev jamg'armasi tomonidan mug'om san'atini asrab-avaylash, boy tarixga ega ijro san'atini kelajak avlodlarga yetkazish, ijrochilarning yangi avlodini tarbiyalash maqsadida "Mug'om televizion tanlovi" o'tkazilmoqda.
2008 yilda Haydar Aliyev jamg'armasining Ozarbayjon mug'omiga bag'ishlangan yana bir nashri - Ozarbayjon, rus va ingliz tillarida "Mug'om Ozarbayjon ensiklopediyasi" (ikki jildda) nashr etildi.
Jamg'arma mug'omni asrash va rivojlantirish, uning go'zalligi va chuqur falsafasini kelajak avlodlarga yetkazishga qaratilgan keng ko'lamli loyihalarni amalga oshirishda davom etmoqda. "Ozarbayjon mug'omlari" loyihasi doirasida"Qorabog' xonandalari" musiqiy albomi nafis shaklda chop etildi.
DMamlakatimiz poytaxtida Haydar Aliyev jamg'armasi tashabbusi va tashkiliy ko'magi bilan jahonda ilk bora "Mug'om olami" xalqaro ko'rik-festivali bo'lib o'tdi. Festival doirasida tashkil etilgan respublika Mug'om tanlovi, Xalqaro Mug'om tanlovi va xalqaro ilmiy simpoziumda mug'om ixlosmandlari, ilmiy tadqiqotchilar hamda dunyoning ko'plab mamlakatlaridan kelgan xorijlik mehmonlar ishtirok etdi.
Mug'om musobaqalari Ozarbayjon Respublikasining birinchi vitse-Prezidenti, Haydar Aliyev jamg'armasi Prezidenti, YuNESKO va ISESKO yaxshi niyat elchisi Mehribon Aliyeva tashabbusi bilan o'tkazilmoqda.