XABARLAR 2022
Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasida nashriyot sohasida hamkorlik to‘g‘risida munozaralar bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov mamlakatning yetakchi nashriyotlari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi va unda hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasining ikki yetakchi nashriyoti - "Akademnashr" va "Yangi nashr avlodi" nashriyotlari bilan Ozarbayjon Madaniyat Markazi hamda Ozarbayjon nashriyotlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, kelgusida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, taraflar Ozarbayjon Madaniyat Vazirligining shu yil 5-9 oktyabr kunlari Boku shahrida bo‘lib o‘tadigan Xalqaro kitob yarmarkasida o‘zbek nashriyotlarining ishtirokiga oid loyihasi yuzasidan fikr almashildi.
Qayd etish kerakki, O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markaziga Bokudagi xalqaro kitob yarmarkasida maxsus stend taqdim etiladi.
Samir Abbasov yig‘ilishda ushbu ko‘rgazma doirasida Ozarbayjon Madaniyat Markazi "Mumtoz Ozarbayjon adabiyotini o‘rganish, tarjima qilish va nashr etish" loyihasi doirasida o‘zbek tilida so‘nggi yillarda
nashr etilgan kitoblarni taqdim etishini va bir qator yangi nashrlar taqdimotini o‘tkazishni rejalashtiradi.
Ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasidan ikki taniqli "Akademnashr" va "Yangi nashr avlodi" nashriyotlari ishtirok etib, maxsus stend tashkil etadi.
28.09.2022