XABARLAR 2022
O‘zbekistonda taniqli ozarbayjon arbobi,ustoz-pedagog Sayid Rzo Alizodaning 135 yilligi keng nishonlandi.
O‘zbekistonda Ozarbayjonning taniqli ma'rifat arbobi, pedagog va noshir Sayid Rzo Alizoda tavalludining 135 yilligi munosabati bilan Samarqand Davlat Universitetida “Sayid Rzo Alizoda - muharrir, tarjimon, olim va pedagog” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda olimlar, Ozarbayjon, Pokiston, Tojikiston va Eronning ilm- fan va ta'lim namoyondalari, Samarqand shahri hokimiyati, mahalliy diaspora tashkiloti,Davlat Universitetining ilmiy jamoatchiligi, o‘qituvchi va talabalari ishtirok etdi.
Samarqand Davlat Universiteti rektori Rustam Xolmurodov va Samarqand viloyati hokimi muovini Xurshid Ochilovlar anjumanda tabrik so‘zi bilan chiqish qildilar.
Anjumanda taniqli ilm-fan xodimi, atoqli olimning ilmiy-ijodiy merosi, ta'lim-tarbiya va tarjima sohasidagi faoliyati haqida so‘zlab, uning xotirasini nafaqat Samarqand va Turkistonda, balki butun Sharqda abadiylashtirish bo‘yicha takliflarni ilgari surdi.
Tadbirda O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov so‘zga chiqdi. Anjumanga yo‘llagan tabrik videosida Samir Abbasov ozarbayjonlik mashhur adabiyotshunos, tarjimon va noshir Sayid Rzo Alizoda ijodi bilan xalqlarimiz o‘rtasida do‘stlik ko‘prigi qurganini ta'kidladi.
U Sayid Rzo Alizodaning Ozarbayjon ziyolilaridan ilhomlanib, Samarqandda ilk bor yangi tipdagi maktab ochganini, maktablar uchun ko‘plab o‘quv dasturlarini ishlab chiqganini, xalq ma'rifati, ilm-fan, madaniyat va xalq ta'limi rivojiga katta hissa qo‘shganini faxr bilan qayd etdi.
Samir Abbasov Sayid Rzo Alizodaning tarjima faoliyatiga ham e'tibor qaratib, Ozarbayjon va jahon adabiyotidan ko‘plab asarlarni tarjima qilgani va Turkistonda xalq maorifining shakllanishi va rivojlanishida o‘ziga xos rol o‘ynaganini aytib o‘tdi. Diplomatning ta'kidlashicha, 2018 yilda O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasiga binoan Samarqand Davlat Universitetida "Sayid Rzo Alizoda" nomidagi Ozarbayjon-O‘zbekiston Do‘stlik Markazi tashkil etilgan.
O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati a'zosi Rustam Murodov o‘z nutqida Sayid Rzo Alizoda butun hayotini ta'limning yangi uslublarini targ‘ib qilib, o‘zbek millatini taraqqiyot va ma'rifatga da'vat etishga bag‘ishlaganini ta'kidladi.
Tadbirda Sayid Rzo Alizodaning nabirasi Farhod Alizoda bobosining ilmiy faoliyati va ijodi haqida gapirdi. Bobosining xotirasini abadiylashtirgani, o‘tkazilgan tadbirlar va yubiley marosimlari uchun O‘zbekiston davlatiga minnatdorlik bildirdi.
13.10.2022