Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Toshkentda Ozarbayjon va turk shoirlari ishtirokida “Adabiy do‘stlik, abadiy do‘stlik” tadbiri bo‘lib o‘tdi.


O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Ozarbayjon va Turkiyadan kelgan shoirlar ishtirokida "Adabiy do‘stlik, abadiy do‘stlik" nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, Xalq shoiri Sirajiddin Sayid ochib berar ekan, turkiy davlatlar o‘rtasidagi adabiy aloqalar, Toshkentda Ozarbayjon va Turkiya shoirlari, adabiyot namoyandalarining uchrashuvini, bu boradagi turli uchrashuvlarni O‘zbekiston madaniy hayotida muhim voqea deb atadi. Rais turkiy davlatlarning har birida bunday madaniy tadbirlar, kitob taqdimotlarini muntazam o‘tkazish bo‘yicha takliflar bildirilganini ta'kidladi.

So‘ngra uyushma raisi Sirajiddin Sayid Ozarbayjon shoiri Akbar Qo‘shaliga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining faxriy a'zosi a'zolik biletini taqdim etdi.

Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi adabiy aloqalar va u boshchiligidagi Markaz tomonidan madaniy va adabiy sohadagi aloqalarni yanada kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida gapirdi. Madaniyat Markazi tomonidan so‘nggi yillarda o‘tkazilgan tadbirlar, madaniyat va adabiyot sohasidagi loyihalar haqida gapirar ekan, viloyatlarda o‘tkazilgan Ozarbayjon madaniyati kunlari haqida ma'lumot berdi va Markaz loyihasiga ko‘ra Ozarbayjon adabiyotiga oid yuzlab kitoblar O‘zbek tiliga tarjima qilinib, Toshkentda nashr etilganini ta'kidladi.

Samir Abbasov davlatlarimiz rahbarlarining sa'y - harakatlari natijasida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar eng yuqori bosqichga-strategik ittifoq darajasiga ko‘tarilganini, xalqlarimizni tarixiy do‘stona va qardoshlik munosabatlari birlashtirayotganini ta'kidladi. Shuningdek, Buyuk rahbar Haydar Aliyevning O‘zbekistonning sobiq rahbarlari Sharof Rashidov va Islom Karimov, Ozarbayjon va O‘zbekiston davlat rahbarlari Ilhom Aliyev va Shavkat Mirziyoyev bilan do‘stligi bu do‘stlikning namunasidir deya qayd etdi.

Shundan so‘ng S. Abbasov Akbar Qo‘shali hayoti va ijodi haqida ma'lumot berib, she'rlari nafaqat O‘zbekistonda, balki Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va boshqa mamlakatlarda ham chop etilayotganini ta'kidlab, Akbar Qo‘shalining ikki mamlakat o‘rtasida adabiy aloqalarni rivojlantirishga qilgan xizmatlari uchun Ozarbayjon Elchixonasi va Madaniyat Markazining faxriy diplomini taqdim etdi.

So‘ngra Toshkentdagi "Yangi asr avlodi" nashriyotida o‘zbek tilida chop etilgan "Xayolimni chaqirdim" nomli she'riy to‘plami hamda Turkiyadan kelgan shoirlarning o‘zbek tilida chop etilgan kitoblarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. A. Qo‘shalning kitobini Raxmat Bobojon tarjima qilgan va kitobda so‘zboshini shoir Fahriyor yozgan.

Akbar Qo‘shali o‘z so‘zida turkiy dunyo shoirlari va yozuvchilari o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar, Ozarbayjon va turk shoirlarining asarlarini O‘zbekistonda nashr etishning ahamiyati haqida gapirdi. U kitobni nashr etgani uchun O‘zbekiston tomoniga minnatdorchilik bildirdi va Ozarbayjonda ham o‘zbek shoirlarining kitoblarini nashr etish rejalari haqida gapirib berdi.

Shundan so‘ng o‘zbek olimlari professor Nurboy Jabborov, dotsent Abdumurod Tilavov, turk shoirlari Yusuf Ziyo Yilmaz, Jo‘shqin Qorabulut va boshqalar do‘stligimizni yanada mustahkamlash, adabiy aloqalarni kengaytirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdilar.

15.10.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint