XABARLAR 2022
2023 yilda Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasida Shusha va Samarqandning Turkiy madaniyatga qo‘shgan hissalari va Haydar Aliyevga bag‘ishlangan xalqaro loyihalarni amalga oshiradilar.
O‘zbekistondagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi va Turk Tarixi va Madaniyati Jamg‘armasi o‘rtasida erishilgan kelishuvga muvofiq, 2023 yilda Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasida Shusha va Samarqandning Turkiy madaniyatga qo‘shgan hissasi, shuningdek, Ozarbayjon xalqining milliy rahbari Haydar Aliyevga bag‘ishlangan xalqaro loyihalarni amalga oshiradilar.
O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining direktori Samir Abbasov va Turk Tarixi va Madaniyati Jamg‘armasi rahbari Nizomettin Aykurt bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda Turkiy tarix va madaniyatni targ‘ib qilish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Samir Abbasov turkiy davlatlar rahbarlarining joriy yil 10-11 noyabr kunlari O‘zbekistonning Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Sammiti hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochib berganini, uning doirasida qator madaniy tadbirlar o‘tkazilganini, kelajakda hamkorlik uchun yangi platforma paydo bo‘lganini ta'kidladi.
Diplomat Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan 2022 yilni "Shusha yili" deb e'lon qilishi, bu borada amalga oshirilayotgan tadbirlar va loyihalar haqida gapirib, Ozarbayjonni Turkiy dunyo bilan, O‘zbekiston bilan madaniy aloqalarni rivojlantirishga alohida ahamiyat berishini ta'kidladi. Uchrashuv uchun o‘z minnatdorchiligini bildirgan Turk Tarixi va Madaniyati Jamg‘armasining rahbari Nizametdin Aykurt, u rahbarlik qilayotgan Jamg‘armaning maqsadi ulkan geografik hududda buyuk sivilizatsiya yaratgan Turkiy xalqlarning madaniy merosini xalqaro miqyosda targ‘ib qilish, saqlash va kelajak avlodga yetkazish ekanligini ta'kidladi.
U Turkiy davlatlar Tashkilotining Samarqand Sammiti doirasida Jamg‘arma tomonidan "Turkiston" ko‘rgazmasini O‘zbekiston Turizm va madaniy meros vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilganini ta'kidladi. Ko‘rgazmada taqdim etilgan Turkiston xaritalari turkiy Tarix va Madaniyat asoslari to‘plamidan taniqli geograflar tomonidan tuzilgan bo‘lib, turkiy xalqlar tarixi va ularning turli geografik mintaqalar bo‘yicha tarqalishi ko‘rsatilgan.
Samir Abbasov xaritalar sohasida alohida ta'sirchanlik ko‘rsatish muhimligini ta'kidlab, dunyoning bir qator muzeylarida noto‘g‘ri xaritalar namoyish etilishini ta'kidladi. U ushbu tarixiy xaritalarni Ozarbayjon va O‘zbekiston muzeylariga taqdim etish alohida ahamiyatga ega ekanligini ta'kidladi va tomonlar bu borada birgalikda hamkorlik qilishga kelishib oldilar.
Uchrashuvda Samir Abbasov yil oxirigacha O‘zbekistonda istiqlol shoirlarimiz Ahmad Javod, Abdulla Oripov va Mexmet Akif Ersoying ijodiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya, shu shoirlar ijodi asosida O‘zbekiston xalq cholg‘u asboblari ansambli tayyorlagan konsert dasturini va Ahmad Javodning o‘zbek tiliga tarjima qilingan she'rlar kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tishini ta'kidlab,yuqorida aytib o‘tilgan loyihani amalna oshirishga Turk Tarixi va Madaniyati Jamg‘armasini ham taklif qildi.
Samir Abbasovning ta'kidlashicha, Ozarbayjon Madaniyat Markazi tashabbusi va loyihasi asosida XIX asrda Qorabog‘da faoliyat ko‘rsatgan "Majlisi Faromushon" shoirlar uchrashuvi ikki asrdan keyin Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasida qayta tiklangan.
Diplomat 2023 yilni TURKSOY tashkiloti tomonidan "Shusha yili" deb e'lon qilinishini inobatga olgan holda, kelasi yili ushbu shoirlar uchrashuvini Shushada barcha turkiy davlatlardan vakil bo‘lgan shoirlar, musiqiy ijrochilar ishtirokidagi xalqaro tadbir o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatlashni so‘radi. Bundan tashqari, "Samarqand Turk sivilizatsiyasining poytaxti", shuningdek 2023 yil "Haydar Aliyev yili" deb e'lon qilinishi munosabati bilan qo‘shma loyihalarini amalga oshirish masalasi muhokama qilindi.
Samir Abbasov ushbu loyihaning muhimligini ta'kidlab, Ozarbayjon kutubxonalarining loyihaga qo‘shilishi munosabati bilan Ozarbayjon Madaniyat vazirligi bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilganligini va bu borada qo‘shma uchrashuvlar va muhokamalar muhim ahamiyatga yega ekanligini ta'kidladi.
Nizomettin Aykurt Samir Abbasovga 1872-yilda tuzilgan Yevropa, Kichik Osiyo yarim oroli, shuningdek, Kavkaz xududlarini o‘zida aks ettirgan "Yustinian hukmronlinining oxirigacha Yevropa"(milodiy 560-yilni o‘z ichiga olgan) tarixiy xarita suratini taqdim etdi. Shuni ta'kidlash kerakki, xaritada Kavkaz Albaniyasi va Atropatena kabi Ozarbayjon davlatlari tasvirlangan. So‘ngra, Samir Abbasov Nizomettin Aykurtga Qorabog‘ shoirasi Xurshidbonu Natavon va istiqlol shoiri Ahmad Javadning Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasiga binoan ozarbayjon va o‘zbek tillarida nashr etilgan kitoblarini sovg‘a qildi.
15.11.2022