XABARLAR 2022
O‘zbekiston Davlat Akademik katta teatri Bokuda chiqish qildi.
O‘zbekiston Davlat Akademik katta teatri Bokudagi gastrol safari doirasida Ozarbayjon Davlat akademik Opera va balet teatri sahnasida chiqish qildi.
Ushbu teatr ijodiy jamoasi tomoshabinlarga “Humo” baletini taqdim etdi. Uning muallifi o‘zbek bastakori Anvar Ergashevdir.
Qayd etish joizki, “Humo” baletining premyerasi 2005-yilda Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri sahnasida bo‘lib o‘tgan, 2007-yilda spektakl musiqasi uchun muallifga 1-darajali Davlat mukofoti berilgan edi.
Shuningdek, Ozarbayjon Davlat akademik Opera va balet teatri sahnasida italiyalik bastakor Juzeppe Verdining “Rigoletto” operasi namoyishi ham bo‘lib o‘tdi.
Gastrol safarida O‘zbekiston katta teatrining yetakchi solistlari, xalq artistlari, vokalchilar va xalqaro tanlovlar g‘oliblari bo‘lgan balet raqqosalari ishtirok etmoqda. Ushbu guruh o‘zida simfonik orkestr, solistlar, xor rassomlari va balet truppasini jamlagan.
17.11.2022