Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
  • bg14
  • bg15
  • bg16
  • bg17
  • bg24
  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 1 2 3 4 5
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O‘zbekistonda dunyo Ozarbayjonlikari Birdamligi kuni va Yangi yil bayrami munosabati bilan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi va tadbir yuzasidan tashkil etilgan tanlov g‘oliblar taqdirlandi.


O‘zbekistonda Haydar Aliyev nomidagi madaniyat markazida 31 dekabr – Dunyo Ozarbayjonliklari Birdamlik kuni va Yangi yil bayrami munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Ozarbayjon haqida O‘zbekistonda 2022-yil uchun e’lon qilingan tanlov g‘oliblariga sovg‘alar topshirildi. Tadbirda Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchixonasi, “O‘zbekiston-Ozarbayjon” do‘stlik jamiyati, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi rahbariyati, O‘zbekiston fan, madaniyat, san’at va ta’lim namoyandalari, mahalliy ozarbayjonliklar, oliy o‘quv yurtlari talabalari va oʻqituvchilaru, jurnalistlar ishtirok etdi.

Mehmonlar dastlab Madaniyat markazi oldidagi buyuk yo‘lboshchi Haydar Aliyev haykali poyiga gullar qo‘yib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.

O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi direktori Samir Abbosov kirish so‘zida dunyo ozarbayjonlilarining birdamlik kuni haqida ma’lumot berib, 1991-yil 16-dekabrda Naxchivan Muxtor Respublikasi Oliy Majlisining birinchi yig‘ilishida buyuk yo‘lboshchi Haydar Aliyev qarori bilan 31-dekabr Dunyo ozarbayjonlilarining birdamlik kuni deb e’lon qilinganini ta’kidladi. Markaz direktori yurtdoshlarimiz birdamligi va ularni Ozarbayjonlik g‘oyasi atrofida birlashtirish loyihasi umummilliy lider Haydar Aliyevning xalqimiz oldidagi eng buyuk tarixiy xizmatlaridan biri ekanini alohida eʼtirof etdi.

Samir Abbosov bugungi kunda hamjihatlik bayrami dunyoning 70-dan ortiq davlatida istiqomat qilayotgan 50 milliondan ortiq ozarbayjonliklarning bayrami ekanligini taʼkidladi. Ozarbayjon madaniyat markazi direktori Samir Abbosov biz kuzatayotgan 2022-yil Ozarbayjon-O‘zbekiston munosabatlari uchun omadli yil bo‘lganini, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bir yilda uch marta O‘zbekistonga tashrif buyurgani, mamlakatlarimizning o‘zaro hamkorligi strategik ittifoq darajasida yuksalganini va Toshkent shahrining Mirobod tumanida Haydar Aliyev xiyoboni ochilganini mamnuniyat bilan eʼtirof etdi.

Ozarbayjonning 2022-yilda erishgan yutuqlari haqida gapirib, Shusha yili munosabati bilan amalga oshirilgan loyihalar haqida ma’lumot berdi, Qorabog‘ va Sharqiy Zangezurda ishg‘oldan ozod qilingan hududlarda amalga oshirilgan qurilish va ta’mirlash ishlariga to‘xtaldi. Diplomat arman bosqinidan ozod qilingan hududlarda keng ko‘lamli qurilish ishlari olib borilgani, ikkita xalqaro aeroport – Fuzuli va Zangilon aeroportlari ochilgani, ayni paytda Ozarbayjonning Lochin viloyatida uchinchi xalqaro aeroport qurilayotganini ta’kidladi. O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi mas’ul xodimi, taniqli jurnalist Akbar Magdiyev mamlakatlarimiz o‘rtasida madaniyat va jurnalistika sohalaridagi aloqalar izchil rivojlanib borayotganini ta’kidlab, bu borada Ozarbayjon madaniyat markazi tomonidan katta ishlar amalga oshirilgani, o‘zbek matbuoti bilan yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini aytdi. Ma’ruza davomida O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari vakillari, Yozuvchilar uyushmasi rahbariyati va o‘zbek shoirlarining madaniy poytaxtimiz Shusha shahriga tashrifi o‘tgan yili Ozarbayjon madaniyat markazi loyihasi bilan amalga oshirilganini ta’kidlab, xalqlarimiz, davlatlarimiz o‘rtasidagi yuksak darajadagi aloqalarga to‘xtalib o‘tdi. “O‘zbekiston-Ozarbayjon” do‘stlik jamiyati ijrochi direktori, professor Erkin Nuriddinov Ozarbayjon-O‘zbekiston do‘stligi va hamkorligi haqida gapirib, O‘zbekistonning Samarqand shahri 2023-yilda Jahon sayyohlik tashkiloti tomonidan dunyoning turizm poytaxti, Shusha shahri esa TURKSOY tashkiloti tomonidan Turk dunyosining madaniy poytaxti deb e’lon qilingani eʼtirof etdi.

Keyin Ozarbayjon haqida eʼlon qilingan 2022-yilgi tanlovning turli nominatsiyalar boʻyicha Oʻzbekistonda gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi tomonidan e’lon qilingan tanlov g‘oliblari faxriy yorliq va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. “Shusha – Ozarbayjonning madaniyat poytaxti” nominatsiyasida O‘zbekistonning Turkona.uz axborot sayti rahbari Davronbek Oripov va O‘zbekistonda “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili” munosabati bilan O‘zbekistonning “darakchi.uz” sayti bosh muharriri Farida Igamberdiyevalarga maxsus mukofotlar topshirildi. “Ozarbayjon-O‘zbekiston do‘stligi va hamkorligi bo‘yicha yil teleko‘rsatuvi” nominatsiyasida O‘zbekistonning “Mening yurtim 5” telekanalining “Xush ko‘rdik” ko‘rsatuvi jurnalisti Manuchehr Qalandarzoda, Ozarbayjonning “RealTV” telekanalining “AFISHA” koʻrsatuvi boshlovchisi Ulviyya Huseynova O‘zbekistonning “BİZtv” telekanali muharriri Jaloliddin Mirzayev, Ozarbayjonning “CBC” telekanali muharriri Fuad Agamaliyev, O‘zbekiston davlat telekanalining “O‘zbekiston tarixi” ko‘rsatuvi boshlovchisi Dildor Xasanova, “Avtoradio” Toshkent radiosi dasturlar direktori Nazira Inoyatova mukofotga loyiq koʻrildi. “Turk davlatlari o’rtasidagi do’stlik va hamkorlik”ni targʻib qilgan Oʻzbekistonning “Uza.uz” Davlat axborot agentligi bosh muharriri Gʻayrat Kannazarov, “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, “Toshkent haqiqati” gazetasi bo‘lim mudiri Sergey Mutin maxsus mukofotlar bilan taqdirlandi. O‘zbekistonda “Yilning eng yaxshi tarjima loyihasi” nominatsiyasi boʻyicha taniqli Ozarbayjon shoirasi Xurshidabonu Notavon va istiqlol shoiri Ahmad Javod asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan o‘zbek tarjimoni Shaxlo Qosimovaga topshirildi. Ozarbayjon-Oʻzbekiston doʻstlik aloqalari rivojlanishi yoʻlida “Faol davlat, madaniyat va ilm xodimi” nominatsiyasi bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Majlisi deputati Gulbahor Saidg‘aniyeva, O‘zbekiston Milliy universiteti kafedra mudiri Niginaxon Shermuhamedova, Toshkent muhandislar instituti o‘qituvchisi Ra’no Qodirovalar taqdirlandi.

2022-yilda Ozarbayjon-O‘zbekiston do‘stligi va hamkorligini keng targ‘ib qilayotgan Ozarbayjon Respublikasi Milliy madaniyat markazi vakilasi Mehribon Rahimova va O‘zbekiston Mirobod tumani “Temiryoʻlchilar” mahalla qo‘mitasi raisi Gulnor Mehraliyevalar maxsus mukofot bilan taqdirlandi. O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarida “Turk davlatlari o‘rtasidagi tarixiy do‘stlik, iqtisodiy aloqalar va tranzit imkoniyatlari haqida qiziqarli tahliliy-ekspert nutqi” nominatsiyasida O‘zbekistonlik tahlilchi-ekspert Abduvali Soyibanazarov, Sharofiddin Toʻlaganov va “azon.uz” axborot portali jurnalisti Nurbek G‘ofurovga mukofotlar topshirildi. Davlatlar orasida do‘stligimizni targ‘ib qilgan Ozarbayjon jurnalistlari ham taqdirlandi. Xususan Ozarbayjon diaspora jurnalistlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat birlashmasi raisi Fuad Huseynzoda va Ozarbayjonning “innews.media” axborot sayti ijrochi direktori Bahruz Mammadovlar mukofotga loyiq koʻrildi.

Yakunda Ozarbayjon madaniyat markazi tomonidan tayyorlangan bayram konserti namoyish etildi. Konsert dasturida taniqli xonandalar xususan Ozarbayjonlik Vohid Aliyev, Fotima Iskandarova, Rena Azizova, shuningdek, O‘zbekistonlik Temur Rahmanov, Aziz Madumarov milliy Ozarbayjon qoʻshiqlarini ijro etdilar va “Kaykeb Aliyeva nomidagi ozarbayjon qizlari” raqs ansambli milliy raqslarimizni namoyish etdi.

27.12.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint