XABARLAR 2022
Ozarbayjon Madaniyat Markazi O‘zbekistonda o'tkazilganTurkiya Milliy Suvereniteti va Bolalar Bayramiga bag‘ishlangan tantanalarda ishtirok etdi.
Poytaxtimizda 23-aprel kuni Turkiyaning Milliy Suvereniteti va Bolalar Bayramiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda mamlakatimizdan poytaxtimizdagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi ishtirok etdi.
Toshkentda bu yil uchinchi bor xalqaro festival sifatida o‘tkazilgan tadbirda 3000 dan ortiq mehmonlar ishtirok etdi.
Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi Olgan Bekar yig‘ilganlarni 23-aprel Milliy Suverenitet va Bolalar bayrami bilan tabriklab, bayram tarixi haqida ma’lumot berdi. Elchi 1919-yilda Gazi Mustafo Kamol Otaturk boshlagan milliy kurash haqida gapirib, Turkiya Buyuk Millat Majlisining 1920-yil 23-aprelda tashkil etilganligini aytdi. Keyin tadbir konsert dasturi bilan davom etdi.
Festival davomida raqslar, xalq qo‘shiqlari ijro etildi. Konsertda Ozarbayjon Madaniyat Markazi qoshidagi hizmat ko'rsatgan artist Kaykep Aliyeva nomidagi “Ozarbayjon qizlari" raqs ansambli a’zolari milliy raqslarimizni ijro etishdi.
Festivalda ishtirok etayotgan bolalarga “23-aprel Bolalar Bayrami” yozuvi tushirilgan futbolkalar va boshqa sovg‘alar topshirildi.
24.04.2022