Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
1 2 3 4 5
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O'zbekistonning Toshkent viloyatida Ozarboyjon Milliy Madaniyat Markazining yangi ofisi ochildi.


O'zbekistonning Toshkent viloyatidagi Nurafshon shahrida “Do'stlik Uyi” ning ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Tadbir doirasida Do'stlik uyida Ozarbayjon Milliy Madaniyat Markazining Toshkent viloyati bo'yicha yangi ofisi ochildi.

Tadbirda viloyat rahbariyati, O'zbekiston ilm-fan, madaniyat arboblari, jamoatchilik vakillari, Ozarbayjon Respublikasi Milliy Madaniyat Markazi, O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi, Qozog'iston, Turkmaniston, Rossiya, Tojikiston, Qirg'iziston madaniyat markazlari vakillari hamda talabalar va mahalliy yoshlar ishtirok etdi.

Ozarbayjon uchun ajratilgan xonada mamlakatimiz bayrog'i, Buyuk rahbar Haydar Aliyev hayoti va faoliyatidan lavhalar, Ozarbayjon va O'zbekiston prezidentlarining uchrashuvlariga oid fotosuratlar,Prezident Ilhom Aliyev rahbarligida mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi haqida hikoya qiluvchi kitoblar, shuningdek, Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan Ozarbayjon tarixi va madaniyatiga doir o'zbek tilida nashr etilgan nashrlar, esdalik sovg'alari namoyish etildi. Ochilish marosimida har bir markaz o'z xalqining milliy taomlari va shirinliklarini taqdim etdi.

Toshkent viloyati hokimi o'rinbosari Zokir Axmedov o'zining kirish so'zida, O'zbekistonda turli xalqlar vakillari uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida gapirib, mamlakatimizda 130 dan ortiq xalq vakillari tinchlik va osoyishtalikda o'z milliy madaniyatini saqlab qolish va rivojlantirish imkoniyatiga ega ekanini ta'kidladi va bu yo'nalishda olib borilayotgan davlat siyosati haqida ma'lumot berdi.

So'zga chiqqan boshqa ma'ruzachilar ko'p millatli, ko'p madaniyatlilik, bag'rikenglik O'zbekiston jamiyatining asosiy shiori ekanligi, mamlakatda barcha millat vakillari uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida gapirib, Ozarbayjon, qozoq, qirg'iz, turkman, koreys, Uyg'ur, rus, tojik, jami 8 ta milliy madaniy markazlar o'zlari ko'rsatayotgan faoliyatidan mamnun ekanligini izhor qildilar.

Ochilish marosimi doirasida "Do'stlik Uyi”ning anjumanlar zalida tilga olingan xalqlarning milliy raqs ansambllarining chiqishlari bo'lib o'tdi, ular o'z xalqlarining milliy raqslarini ijro etishdi.

Kontsert dasturida O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining "Hizmat ko'rsatgan Artist Kaykep Aliyeva nomidagi Ozarbayjon qizlari" raqs ansambli milliy raqslarimizni ijro etdi.

Toshkent viloyati bo'yicha Ozarbayjon Milliy Madaniyat markazi Nurafshon shahrida ish olib boradi va Markaz raisi Ozarbayjon diasporasining taniqli vakili G'olib Muslimovdir.

10.06.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint