XABARLAR 2022
“Vikipediya”da oʻzbek tilida Aziza Jafarzoda haqida boʻlim yaratildi.
Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining “Olamda ovozim bor” nomli loyihasini amalga oshirish maqsadida Vikipediya xalqaro elektron ensiklopediyasida XX asr Ozarbayjon adabiyotida oʻzining alohida salmogʻiga ega boʻlgan atoqli adib, adabiyotshunos, jamoat arbobi, filologiya fanlari doktori, professor Aziza Jafarzoda haqida oʻzbek tilida boʻlim tashkil etildi.
Ozarbayjon Madaniyat Markazi "Vikipediya" mutaxassislari tomonidan yaratilgan boʻlimda A. Jafarzoda hayoti, ijodi, folklor sohasidagi tadqiqotlari, asarlari, romanlari, hikoyalari va ertaklari, ularning roʻyxati va boshqa maʼlumotlar kiritilgan.
Taʼkidlanishicha, Aziza Jafarzoda turli janrlarda yozgan boʻlishiga qaramay, Ozarbayjon adabiyotida u tarixiy romanlar muallifi sifatida koʻproq yodda qolgan. Yozuvchining asarlarida Ozarbayjon tarixining qadim zamonlardan XX asrgacha boʻlgan murakkab voqealari aks ettirilgan. Aziza Jafarzoda tarixni faktlar bilangina emas, balki oʻzgacha tasavvurlari, oʻzi tasvirlayotgan davrning badiiy manzarasini yarata oldi.
Yaratilgan boʻlimda Aziza Jafarzoda zamonaviy Ozarbayjon nasri tarixining roman janrini yana bir bor hayotga tatbiq etib, oʻz asarlari bilan boyitgani taʼkidlanidi. Uning har bir asarida, ayniqsa, tarixiy romanlarida vatanga muhabbat, yerga chanqoqlik, xalqqa muhabbat baxshi koʻrinishida namoyon boʻladi.
"Vikipediya" elektron ensiklopediyasida yaratilgan Aziza Jafarzoda haqidagi oʻzbek tilida boʻlim bilan havola orqali tanishish mumkin.
Taʼkidlash kerakki, Ozarbayjon Madaniyat Markazi buyurtmasi bilan tarixiy asarlar muallifi Aziza Jafarzodaning "Boku 1501" romanini oʻzbek tiliga tarjima qilish loyihasi amalga oshirilmoqda. Asarning oʻzbek tiliga tarjimasini olim-tarjimon Rustam Jabborov tomonidan amalga oshirilmoqda. Madaniyat Markazi bu asarni Oʻzbekistonda nashr etishni rejalashtirmoqda.
Ozarbayjon Madaniyat Markazi joriy yilda Toshkentda atoqli adib, tarixiy asarlar muallifi, taniqli adabiyotshunos Aziza Jafarzoda ijodiga bagʻishlangan "Olamda ovozim bor" qoʻshma Ozarbayjon-Oʻzbekiston xalqaro anjumanini oʻtkazishni ham rejalashtirmoqda. Xalqaro anjumanda har ikki mamlakatning, jumladan, turkiy dunyos mashhur adabiyotshunoslari, yozuvchilari ishtirok etishi nazarda tutilgan.
31.01.2022