XABARLAR 2022
Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi mahalla qo‘mitasi raisini qabul qildi.
O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi “Temiryo‘lchilar” mahalla qo‘mitasi raisi, millati ozarbayjon bo‘lgan Mehribon Rahimovani qabul qildi.
Suhbat chog‘ida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning joriy yil 21-22 iyun kunlari O‘zbekistonga tashrifi muhokama qilindi. Toshkentdagi Haydar Aliyev maydonining ochilish marosimida mahalliy ozarbayjonlar nomidan Mehribon xoniming ikki davlat prezidentlari oldidagi samimiy nutqi, tashrif taassurotlari, Temiryo‘lchilar mahallasi bilan Ozarbayjon madaniyat markazi hamkorligi haqida so‘zlab berdilar.
20.08.2022