Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Toshkentdagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida O‘zbekiston mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.


Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida O‘zbekiston mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Bayram mehmonlari foyeda yaratilgan "Mustaqillikning 31 yilligi muborak, aziz O‘zbekiston" nomli kitob va fotosuratlar ko‘rgazmasi bilan tanishdilar.

Tadbirda O‘zbek-Ozarbayjon Do‘stlik Jamiyati rahbariyati, mahalliy ozarbayjonlar, O‘zbekistonning madaniyat arboblari, ziyolilar, universitet o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Ishtirokchilarni Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov qutlab, ularni ushbu bayram bilan samimiy tabrikladi. Direktor O‘zbekistonning mustaqillik yillarida erishgan muvaffaqiyatlari haqida gapirdi. S. Abbasov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida so‘nggi yillarda siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan tub islohotlar haqida so‘z yuritdi.

Shuningdek, direktor Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning 21-22 iyun kunlari O‘zbekistonga rasmiy tashrifi haqida gapirib, O‘zbekiston davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev bilan samarali muzokaralar olib borilgani, hamkorlikni chuqurlashtirishga doir qator hujjatlar imzolanganini qayd etib,bu Ozarbayjon va O‘zbekiston hamkorligining yangi bosqichiga asos solganini ta'kidladi.

S. Abbasov o‘z so‘zida: "Bugun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan O‘zbekistonning yangi konsepsiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Yangi O‘zbekiston esa yangi iqtisodiy munosabatlar, bu masalalarga yangicha qarash demakdir,"- deya ta'kidladi. Diplomat shuningdek, 44 kunlik Vatan urushi haqida ma'lumot berib, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan O‘zbekiston bosqinidan ozod qilingan Fuzuliy shaharida katta bir o‘rta maktab qurishni o‘z zimmasiga olganini va ta'lim muassasasini qurish loyihasi Ozarbayjon hukumatiga taqdim etilganini aytib o'tdii.

O‘zbekiston-Ozarboyjon Do‘stlik Jamiyati Ijrochi direktori, professor Erkin Nuriddinov, O‘zbekiston Milliy Universiteti professori Nigina Shermuxammedova mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni kengaytirish, ilm-fan sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan tadbirlar haqida ma'lumot berdi. Bayram tadbiri davomida Ozarbayjon Madaniyat markazidagi "Faxriy artist Kaykep Aliyeva nomidagi Ozarbayjon qizlari" raqs ansambli a'zolari Milliy raqslarimizni, Bokudan kelgan yosh xonanda Mehdi Hasanov, shuningdek, Rana Azizova, Yusif Aliyev, Timur Raxmanov va Davron Qodirovlar Ozarbayjon va o‘zbek qo‘shiqlarini ijro etdilar.11:34

01.09.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint