XABARLAR 2022
O'zbekiston-Ozarbayjon Do'stlik jamiyati Ozarbayjon davlat chegarasidagi ig'voni kəskin qoraladi
“O‘zbekiston-Ozarbayjon” Do‘stlik jamiyati shu yil 13 sentyabr kuni Armaniston-Ozarbayjon chegarasida arman tomonidan amalga oshirilgan provokatsiya natijasida 50 nafar Ozarbayjon harbiy xizmatchisi halok bo‘lgani munosabati bilan Ozarbayjon xalqiga chuqur hamdardliyk bildirib, ta'ziya izhor etadi.
Armaniston tomoni Rossiya Federatsiyasi-Armaniston va Ozarbayjon davlat rahbarlarining 2020 yil 9 noyabrdagi uch tomonlama bayonotida nazarda tutilgan talablarning bajarilishini ta'minlashi, harbiy avantyura, provokatsiyalarga chek qo‘yishi, o‘z harbiy tuzilmalarini dunyoga mashhur Qorabog‘ iqtisodiy mintaqasidan zudlik bilan olib chiqib ketishi va Ozarbayjon tomoni chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya jarayonini boshlashi kerak,deb hisoblaymiz.
30 yillik arman istilosidan so‘ng ozod qilingan Ozarbayjonning Qorabog‘ va Sharqiy Zangezur viloyatlariga tinch Ozarbayjon aholisining qaytishiga va bu yerdagi vayron qilingan, minalashtirilgan hududlarni tiklash ishlariga to‘sqinlik qilmasligi kerak.
Biz Armaniston imzolangan hujjatlar va xalqaro huquq tamoyillarini hurmat qiladi, deb ishonamiz.
“O‘zbekiston-Ozarboyjon” Do‘stlik jamiyati Ozarbayjonning haq va adolatli ishlarida Ozarbayjon xalqining yonida ekanligini va yaqin orada mintaqada tinchlik tiklanishiga yana umid bor ekanligini bildirmoqda.
Bu haqda “O‘zbekiston-Ozarbayjon” Do‘stlik jamiyati Ijrochi direktori Erkin Nuriddinovning O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markaziga yo‘llagan maktubida aytiladi.
14.09.2022