XABARLAR 2022
O‘zbekistonda "Ipak yo‘li durdonasi" XlV Toshkent kinofestivalining ochilishi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonda "Ipak yo‘li durdonasi" XlV Toshkent kinofestivalining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi.
1968-yildan buyon bo'lib o‘tgan xalqaro fesival O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan o‘tgan yili qayta tiklandi. Ozarbayjon ham ushbu kinofestivalda keng namoyish etilmoqda.
Kinofestivalda dunyoning 35 mamlakatidan 300 nafardan ziyod kinematograf, rejissyor, taniqli artistlar, kino sohasi mutaxassislari ishtirok etmoqda.
Tadbir boshlanishida, ishtirokchilar, festivalning faxriy mehmonlari qizil gilamchada yurib, matbuot bilan uchrashdilar.
Tadbir avvalida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning festival ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigini O‘zbekiston Prezidentining maslahatchisi Odil Abduraxmonov o‘qib eshittirdi.
Ushbu kinofestivalda mamlakatimizdan "Ozarbayjonfilm" kinostudiyasining direktori Nozim Huseynov, Ozarbayjon Xalq artisti Vagif Mustafoyev, rejissyor va kinoshunos Ayaz Salayev, rejissyor va prodyuserlar Oleg Safaraliyev, Osif Rustamov, Ilgar Najaf, Ozarbayjon Xalq artistlari Gulyanog Mammadova, Gulyoz Mammadova va jurnalistlar ishtirok etmoqda.
Festivalda Ayaz Salayevning "Er" va Ilgar Najafning "Sug‘ra va uning o‘g‘illari" filmlari namoyish etiladi.
Ochilish marosimida kinofestival doirasida dunyo bo‘yicha 150 ta badiiy va hujjatli filmlar namoyish etilishi ta'kidlandi. Toshkent shahri va O‘zbekiston viloyatlarida 100 dan ortiq ijodiy tadbirlar, debatlar va uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Toshkent shahridagi kinematografiya uyida 1500 dan ziyod yosh kinematografchilarni birlashtirgan kinoklaster tashkil etilgani va yosh o‘g‘il-qizlar bu yo‘nalishda bilim olayotgani ta'kidlandi.
Ozarbayjon kinosi kunlarining ochilishi O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazida "Ipak yo‘lining durdonasi" XlV Toshkent kinofestivali doirasida bo‘lib o‘tadi.
15.09.2022