XABARLAR 2023
Oʻzbekiston matbuotida Samir Abbasovning Armanistonning Ozarbayjon hududida sodir etgan ekologik terror, ozarbayjonlik eko-faollarning harakatlari haqidagi intervyusi nashr etildi
Oʻzbekistonning darakchi.uz nomli yangiliklar portalida ushbu mamlakatdagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi direktori, Ozarbayjon Elchixonasining birinchi kotibi Samir Abbasovning Armanistonning Ozarbayjon hududlarida amalga oshirgan ekologik terror, Ozarbayjon eko-faollarining norozilik harakatlari, shuningdek, mahalliy aholining qamalda ushlangani haqida Armaniston tomonidan jahon afkor-ommasiga tarqatilayotgan yanglish maʼlumotlar haqida suhbat nashr etildi.
Oʻzbek tilli aholi orasida eng koʻp oʻqiladigan darakchi.uz xabar portalidagi “Samir Abbosov: Ozarbayjonlik ekofaollar hududimizdagi ekologik falokatga norozchilik aksiyasi oʻtkazmoqda va hech qanaqa blokada haqida soʻz borishi mumkinmas” (tərc: Azərbaycanlı ekofəallar ərazilərimizdəki ekoloji fəlakətə etiraz aksiyası keçirməkdədir və hər hansı blokadana söz gedə bilməz) nomli suhbatda 50 kundan ortiq vaqt davomida Ozarbayjon fuqarolik jamiyati vakillari va atrof-muhit faollari mamlakatimizning Qorabogʻ mintaqasida oʻtkazilgan norozilik aksiyasi haqida fikr bildirdi.
Avvalo, Samir Abbasov intervyusida Armaniston qariyb 30 yil davomida Ozarbayjon hududlarining 20 foizini bosib olganini, 1 million ozarbayjonlik oʻz Ona yurtlaridan quvib chiqarilganini, ozarbayjonlar etnik tozalanishga duchor boʻlganini, shaharlar, minglab qishloqlar, tarixiy va madaniy yodgorliklar, diniy qadamjolar shafqatsizlarcha vayron qilinganini taʼkidladi.
Diplomat Armaniston tomonidan bosib olingan hududlardagi 67 masjiddan 65 tasi butunlay vayron qilingani, bosqinchilar masjidlarda hayvonlar va choʻchqalarni saqlab, Islom dinini oyoqosti qilishganiga urgʻu qaratdi. Samir Abbasov 2020-yilning sentabr-noyabr oylarida 44 kun davom etgan Vatan urushi natijasida Ozarbayjonning jahon hamjamiyati tomonidan tan olingan hududlarini Armaniston ishgʻolidan ozod etilgani, Ozarbayjon, Armaniston hamda Rossiya davlat rahbarlari tarafidan imzolangan uch tomonlama bayonotga muvofiq mamlakatning Qorabogʻ iqtisodiy tumanida arman aholisi yashaydigan hududda vaqtincha 5 yil muddatga Rossiya tinchlikparvar kuchlari joylashtirilganini taʼkidladi.
Samir Abbasov intervyuda qayd etishicha, hozirgi paytda arman separatistlari Rossiya tinchlikparvar kuchlari vaqtincha joylashgan hududda faol harakat olib borib, Ozarbayjon davlatining suveren huquqlarini buzayotgani, bu hududlarda Ozarbayjonga tegishli oltin va boshqa foydali qazilma konlarini talon-taroj qilayotgani, mintaqada haqiqiy ekologik falokat va terrorni amalga oshirayotganini aytdi. U Ozarbayjon fuqarolik jamiyati vakillari va atrof-muhit faollari mamlakatimizning Qorabog mintaqasida bunday jinoyatlarga chek qoʻyishni talab qilib norozilik aksiyalarini oʻtkazayotir.
Suhbatda Armaniston tomonidan bosib olingan Ozarbayjon hududlarida mavjud tabiiy boyliklar va ularning talon-toroj qilinishiga oid Ozarbayjon Ekologiya va tabiiy resurslar vazirligi maʼlumoti havola qilinib, har doimgidek Armaniston oʻz jinoyatlarini yashirish uchun Ozarbayjonlik ekologlarning tinch norozilik aksiyasini Rossiya tinchlikparvar kuchlari nazorati ostida boʻlgan Ozarbayjon hududidagi etnik armanlarning falokatga duchor boʻlayotgani sifatida yolgʻon maʼlumotlardan foydalanib, xalqaro hamjamiyatni chalgʻitayotganiga urgʻu qaratilgan.
Samir Abbasov aksiyaning ekologik terrorga chek qoʻyish va noqonuniy talon-taroj qilingan Ozarbayjon boyliklarini xorijga olib chiqilishining oldini olish talabi bilan tinch muhitda olib borilayotganini yana bir bor taʼkidladi. Uning fikriga koʻra, belgilangan hududda na blokada, na gumanitar falokat roʻy bermadi, tarqatilgan maʼlumotlar arman targʻibotining asossiz dezinformatsiyasi xolos. Diplomat Rossiya tinchlikparvar kuchlari nazorati ostida boʻlgan hamda etnik armanlar yashaydigan Ozarbayjonning Xonkendi shahridagi Lochin yoʻlidan har kuni tinch aholi hamda muhim fuqarolik yuklari, Qizil Xoch Jamiyatining transport vositalari erkin harakatlanayotganini aytdi.
Samir Abbasovga koʻra, Ozarbayjon, Armaniston va Rossiya davlat rahbarlari tomonidan imzolangan 3 tomonlama deklaratsiyaning 6-bandiga asosan, Ozarbayjon Respublikasi Lochin yoʻlagidan tinch aholi, transport vositalari va yuklarning ikki yoʻnalishda harakatlanishini taʼminlaydi. Ushbu xavfsizlik kafolati Lochin yoʻlidan noqonuniy yuklar, oʻq-dorilarni tashishni suiisteʼmol qilishning oldini olish uchun moʻljallangan.
Uning aytishicha, Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligining uch tomonlama bayonotidan farqli oʻlaroq, Armaniston oʻz hududida ishlab chiqarilgan yangi minalarni Lochin yoʻli orqali Ozarbayjonga olib kirilayotganiga koʻz yumilib, ushbu minalarning Ozarbayjon hududiga joylashtirilishi natijasida soʻnggi ikki yilda 300-ga yaqin tinch ozarbayjonlik mina qurboniga aylandi.
Diplomat Ozarbayjon hududida Togʻli Qorabogʻ deb nomlangan mintaqa yoʻqligini, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning 2021-yil 7-iyulda imzolagan qaroriga muvofiq, Ozarbayjon hududida iqtisodiy tumanlar xususan, Qorabogʻ va Sharqiy Zanguzar iqtisodiy tumanlari tashkil etilganini bildirdi.
Intervyuda taʼkidlanishicha, 1920-yillarda Sovet hokimiyati oʻrnatilgandan soʻng, Ozarbayjon va Naxchivon oʻrtasida joylashgan tarixiy Zangezur viloyati Armanistonga berilgan va Naxchivon Muxtor Respublikasi anklaviga aylangan. 1988-yildan keyin Armanistonning Ozarbayjonga hududiy daʼvolari boshlanganda, Armaniston oʻz hududidan oʻtgan Naxchivon yoʻlini yopadi va Ozarbayjondan yakkalanib qolgan Naxchivonning yarim millionga yaqin aholisi hanuzgacha qamal holatida yashamoqda.
Uch tomonlama deklaratsiyaga koʻra, Armaniston Ozarbayjonning Naxchivon Muxtor Respublikasiga toʻsiqsiz kirishini taʼminlashi kerak boʻlsa-da, hanuzga qadar oʻz majburiyatini bajarmagan.
Suhbatda qayd etilishicha, barcha bosqinchilik, etnik tozalash va jinoyatlarga qaramay, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Armanistonga 5 bandli tinchlik shartnomasi imzolashni taklif qilgan va Armaniston hali ham turli bahonalar bilan tinchlik shartnomasini imzolashdan bosh tortayotir.
Intervyu bilan toʻliq shaklda linki orqali tanishishingiz mumkin.
31.01.2023