Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
1 2 3 4
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Toshkentda Ozarbayjon xalq shoiri Vohid Aziz bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi taklifiga binoan Toshkentda bo‘lgan Ozarbayjon xalq shoiri Vohid Aziz bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasida o‘tkazilgan tadbirda bir guruh shoir va yozuvchilar ishtirok etdi.

Tadbirni kirish so‘zi bilan ochgan O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi raisi o‘rinbosari, shoir G‘ayrat Majid mehmonlarni qutlar ekan, Ozarbayjon xalq shoiri Vohid Azizning O‘zbekistonga tashrifi butun she’riyat ixlosmandlari uchun muhim voqea ekanini ta’kidladi. Boy an’analarga ega ozarbayjon she’riyati O‘zbekistonda hamon g‘oyat mashhur ekanini ta’kidlab, bunday uchrashuvlar adabiy aloqalarning kengayishiga o‘z ta’sirini o‘tkazganini alohida e’tirof etdi.

Keyinroq so‘zga chiqqan Vohid Aziz O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasiga taklif uchun minnatdorchilik bildirdi. O‘zbekistonda so‘nggi bor qariyb qirq yil avval bo‘lganini ta’kidlagan Vohid Aziz ushbu sayohat va o‘zbek she’riyat ixlosmandlari bilan uchrashuvlar unda katta hayajon uyg‘otganini bildirdi.

So‘ngra so‘zga chiqqan o‘zbek olimi, filologi Nurboy Jabborov, taniqli shoira Xosiyat Rustam ikki davlat o‘rtasidagi adabiy aloqalarga to‘xtalib, ruhan yaqin bu ikki xalqning she’riy didi ham bir xil ekanini ta’kidladi. So‘zga chiqqanlar bugun ikki qardosh davlat shoirlari, ijodkorlari yaqin muloqotda bo‘lib, o‘zaro uchrashuvlar, tashriflar o‘tkazilayotganini, bularning barchasi she’riyatimiz rivojiga, yangi izlanishlarga xizmat qilayotganini alohida urg’u berdi.

Yana bir ma’ruzachi, yozuvchi va tarjimon Boboxon Sharif ikki birodar xalq she’riyati o‘rtasidagi o‘xshashliklarga to‘xtalib, o‘zaro tarjimalar, ayniqsa, ikki tilli nashrlar she’riyatning ham yangicha uslub, metod, mazmun-mohiyat, janrlar xilma-xilligiga olib kelganini ta’kidladi. Boboxon Sharif she’riyat antologiyalari va almanaxlarini nashr etishning she’riyatni yoyish, targ‘ib qilish, she’riyat ixlosmandlariga yetkazishdagi ahamiyatiga to‘xtalib, bunday nashrlar, ayniqsa, yosh shoirlar ijodini rag‘batlantirishini aytib o’tdi.

So‘ngra so‘zga chiqqan O‘zbekistonning taniqli yozuvchi-dramaturgi Qo‘chqor Norqobil o‘zaro tashriflar, tarjimalar, qo‘shma anjumanlar, seminarlar, simpoziumlar, forumlar o‘tkazish ikki davlat o‘rtasidagi adabiy aloqalarni rivojlantirishda foydali ekanini ta’kidladi. O‘zbekistonda ozarbayjon adabiyoti va she’riyatiga katta mehr va ihlosi borligini ta’kidlab, o‘zbek shoir va yozuvchilari Ozarbayjonda ham xuddi shunday ishtiyoq bilan kutib olinayotganini e’tirof etdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi adabiy aloqalar, ikki xalq yozuvchilarining o‘zbek va ozarbayjon tillarida nashr etilgan asarlari va kelgusidagi tarjima jarayonlari muhokama qilindi. Yakunda tomonlar bir-birlariga esdalik sovg‘alarini topshirdilar.

28.10.2023

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint