Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O‘zbekistonning Xorazm viloyatida “Shusha – Turk dunyosining madaniyat poytaxti” kitobining taqdimoti hamda Ozarbayjon madaniyati va adabiyotiga oid tadbir bo‘lib o‘tdi.


Joriy yilning 23-26-oktabr kunlari O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi asosida O‘zbekistonning Toshkent va Xorazm viloyatlarida o‘tkazilgan “Ozarbayjon madaniyati va she’riyati haftaligi” doirasida Xorazm viloyati Urganch shahridagi Urganch Davlat Universitetida “Shusha – Turk dunyosining madaniyat poytaxti” kitobining taqdimoti va Ozarbayjon madaniyati va adabiyotiga oid tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Tadbir ishtirokchilari dastlab Ozarbayjon tarixi, davlatchiligi, milliy madaniyatiga oid ko‘rgazmalar bilan tanishdi. Ko‘rgazmada Umummilliy lider Haydar Aliyev, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning, Haydar Aliyev jamg‘armasi loyihasi asosida chop etilgan kitoblar, Ozarbayjon adabiyoti va madaniyatiga oid nashrlar namoyish etildi.

Universitet faollar zalida davom etayotgan tadbirni ochib bergan rektor, professor Bahrom Abdullayev mehmonlarni qutlab, O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlar haqida gapirib, buni ikki xalqning tarixiy muvaffaqiyati sifatida baholadi.

Urganch Davlat Universiteti bu aloqalarni mustahkamlashdan katta manfaatdor ekanini ta’kidlagan rektor, Ozarbayjonning ilm-fan, ta’lim va madaniyat markazlari bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdi. Bahrom Abdullayev O‘zbekistondagi Urganch Davlat Universiteti qoshida Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan tashkil etilgan Yusif Vazir Chamanzaminli Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti Markazi haqida ma’lumot berib, kelgusida mazkur markaz orqali ko‘plab qo‘shma ilmiy, madaniy va adabiy loyihalar, hamkorlik rejalashtirilganligini ta’kidladi.

Keyinroq so‘zga chiqqan Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari Botir Saidov O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan Xorazm viloyatida Ozarbayjon madaniyati va adabiyotiga bag‘ishlangan tadbirlar ikkinchi marta tashkil etilayotganini ta’kidlab, bu tadbirlar qardosh xalqlar o‘rtasida yanada uzilmas rishtalar paydo bo‘lishiga olib kelganini alohida e’tirof etdi. Botir Saidov Turk dunyosining madaniyat poytaxti Shusha haqida gapirar ekan, Xiva Shusha bilan qardosh shahar ekanligini aytdi. U “Shusha – Turk dunyosining madaniyat poytaxti” nashri haqida so’z ochib, zikr etilgan kitob Shusha haqida birlamchi ma’lumotlar olish uchun juda qimmatli manba ekanligiga alohida urg’u berdi.

O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov O‘zbekistonning Toshkent va Xorazm viloyatlarida o‘tkazilgan “Ozarbayjon madaniyati va she’riyati haftaligi” tadbirlari hamda Markaz tomonidan Shusha va Umummilliy yetakchi Haydar Aliyev bilan bog‘liq amalga oshirilayotgan loyihalar haqida ma’lumot berdi. Urganch Davlat Universiteti qoshida Yusif Vazir Chamanzaminli nomidagi Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti Markazi ochilgani hamda “Shusha – Turk dunyosining madaniyat poytaxti” nomli besh tilda nashr etiladigan ensiklopedik nashr “Shusha yili” va shu bilan birga Shushaning Turk dunyosining madaniyat poytaxti deb e’lon qilinishi munosabati bilan amalga oshirilganini ta’kidladi.

Shusha Ozarbayjon xalqi uchun aziz va bebaho shahar ekanligini ta’kidlagan Samir Abbasov nutqini Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning “Shusha Ozarbayjon uchun milliy g‘urur, milliy o‘zlik, madaniyat, san’at va tarixdir”, — degan so’zlari bilan.

Keyinchalik so‘zga chiqqan tarjimon, olim Boboxon Sharif besh tilda nashr etiladigan “Shusha – Turk dunyosining madaniyat poytaxti” ensiklopedik nashri haqida to‘xtalib, ushbu nashr Shusha shahri haqida, ayniqsa, besh tilda – Ozarbayjon, o‘zbek, turk, rus, ingliz tillarida va qimmatli ma’lumot manbai ekanligini qayd etdi.

Tadbirda Universitet talabalari ozarbayjonlik shoirlarning she’rlaridan namunalar o‘qib, Ozarbayjon spektakllaridan sahna ko‘rinishlarini namoyish etdilar.

Tadbirning badiiy qismida Ozarbayjondan taklif etilgan “Semurg‘” mug‘om ansambli a’zolari taniqli xonandalar, xalqaro tanlovlar laureatlari Miralam Miralamov, Kamila Nabiyeva, milliy soz ijrochisi Elnur Mikayilov, tor ustasi Zaki Valiyev, Ozarbayjonda xizmat ko’rsatgan artist, nog‘orachi Kamran Karimovlarning ijrosida Ozarbayjon milliy mug‘omlari, O‘zbekistonda taniqli bo’lgan ozarbayjonlik soz ustasi Ilhom Abdullayev ijrosidagi navolar, Urganch Davlat Universiteti raqs guruhi ijrosidagi milliy Ozarbayjon raqslari yig‘ilganlarga taqdim etildi. Konsert ishtirokchilar tomonidan qiziqish bilan kutib olindi.

30.10.2023

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint