XABARLAR 2023
O‘zbekistonning Xorazm viloyatida “Ozarbayjon madaniyati va she’riyatI haftaligi” doirasida Ozarbayjonlik san’at ustalarining gala-konserti taqdim etildi.
Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi va tashkilotchiligida joriy yilning 23-26 oktyabr kunlari O‘zbekistonning Toshkent va Xorazm viloyatlarida o‘tkazilgan “Ozarbayjon madaniyati va she’riyati haftaligi” loyihasi doirasida Ozarbayjonlik san’at ustalari ishtirokida gala-konsert tashkil etildi.
Ogahiy nomidagi Xorazm Davlat Musiqali Drama Teatrida tashkil etilgan konsertda ishtirokchilar dastlab foyeda Ozarbayjon tarixi va madaniyatiga oid ko‘rgazma bilan tanishdi. Ko‘rgazmada Umummilliy lider Haydar Aliyev yiliga oid ko‘plab nashrlar, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning muvaffaqiyatli siyosati natijasida Ozarbayjonda erishgan yutuqlar, zarbayjon adabiyoti, Shusha shahrining Turk dunyosining madaniyat poytaxti deb e’lon qilinishi bilan bog‘liq nashrlar o‘rin olgan.
Konsertni kirish so‘zi bilan Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari Botir Saidov ochib berdi. Xorazm viloyatida “Ozarbayjon madaniyati va she’riyati haftaligi” kunlarining ikkinchi bor o‘tkazilishi, mazkur loyihani amalga oshirgan Ozarbayjon davlati va Ozarbayjon Madaniyat Markaziga o‘z minnatdorchiligini bildirib, Xorazm viloyatida o‘tkazilgan tadbir ikki qardosh xalq o‘rtasidagi madaniy-adabiy aloqalar yanada rivojlanib borayotganining ko‘rsatkichi ekanini ta’kidladi. Botir Saidov mazkur tadbir va loyihalar tufayli xalqlarimiz tobora yaqinlashib, bir-birining madaniyati, adabiyoti, sanʼati bilan yaqindan tanishayotganini alohida eʼtirof etdi.
O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov “Ozarbayjon madaniyati va she’riyati haftaligi” loyihasi va ushbu loyiha doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlar haqida so‘z yuritar ekan, xalqlarimiz va davlatlarimiz o‘rtasidagi yuksak darajadagi aloqalarga to‘xtalib o‘tdi va bizni birlashtirgan qadriyatlar haqida gapirib, O‘zbekistonda Ozarbayjon madaniyatiga katta qiziqish borligini bildirdi. Samir Abbasov Toshkent shahrida boshlanib, Xorazm viloyatida ajoyib taassurotlar va unutilmas xotiralar bilan yakunlangan “Ozarbayjon madaniyati va she’riyati haftaligi” loyihasi muvaffaqiyatli yakunlanganini ta’kidlab, bu yo’lda qo‘llab-quvvatlagan O‘zbekiston davlati va Xorazm viloyati hokimligiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Tadbirda “Ozarbayjon madaniyati va she’riyati haftaligi” loyihasidagi ishtiroki uchun bir guruh ozarbayjonlik ijodkorlar Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchixonasi va Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan “Faxriy diplom” bilan taqdirlandi.
Konsert dasturida Ozarbayjondan taklif etilgan “Semurg‘” mug‘om ansambli a’zolari – taniqli xonandalar, xalqaro tanlovlar laureatlari Miralam Miralamov, Kamila Nabiyeva, millliy soz ijrochisi Elnur Mikayilov, torchi Zaki Valiyev va Ozarbayjonda xizmat ko‘rsatgan artist, barabanchi Kamran Karimov ijrosida Ozarbayjon milliy mug‘omlari Ozarbayjonlik taniqli sozanda Ilhom Abdullayev ijrosidagi kuy-navolar tomoshabinlarga taqdim etildi.
Konsert tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish va olqishlar bilan kutib olindi.
31.10.2023