Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
  • bg14
  • bg15
  • bg16
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O‘zbekistonda Ozarbayjonning G‘alaba kuniga bag‘ishlangan rasmiy qabul va tadbir kechasi bo‘lib o‘tdi.


Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchixonasi va Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi "Wyndham Tashkent" mehmonxonasida Ozarbayjonning G‘alaba kuni munosabati bilan qabul tashkil qildi.

Marosimda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmonov, boshqa davlat tuzilmalari vakillari, elchilar, xalqaro tashkilotlar namoyandlari, o‘lkaning ilm, madaniyat va san'at xodimlari, diasporamiz a'zolari, jurnalistlar ishtirok etdi.

Dastavval tadbir ishtirokchilari 44 kunlik Vatan urushi va Ozarbayjonning qozongan muhtasham g‘alabasiga doir foto-ko‘rgazma bilan tanishdilar.

Ozarbayjon va O‘zbekiston davlat madhiyalari yangragandan so‘ng o'lkamizning Ozarbayjon elchisi Husayn Guliyev Ozarbayjonning 44 kunlik Vatan urushi va G‘alaba kuni haqida ma'lumot berib, bu g‘alaba natijasida tuproqlarimizning Armaniston ishg‘olidan ozod qilinishi, hududiy butunligimizning tiklanishi haqida gapirdi.

Elchi urushning 44-kuni 2020-yil 8-noyabrda Ozarbayjon Armiyasi qadim Shusha shahrini ozod qilgani va buning qanday qiyin bir amaliyot bo‘lgani, bu haqida dunyo matbuoti materiallar chop etgani haqida gapirib o‘tdi.

Husayn Guliyev ta'kidlaganidek, Shusha har bir ozarbayjonlikning yuragida yashadi. Shusha faqat Ozarbayjon tarixi va madaniyati uchun emas, balki butun Turk sivilizatsiyasi uchun ahamiyatli bir shahardir. Qolaversa, Shusha taniqli xonandalar, bastakorlar, yozuvchilar, shoirlar tug‘ilgan bir makondir.

Elchi faxr bilan gapirdiki, bugun Ozarbayjonning uchrangli bayrog‘i ishg‘oldan ozod qilingan tuproqlarimizda, shu jumladan, yuqori Qorabog‘da, Shushada, Xonkandida, Xo‘jalida, Xo‘javandda, Askaronda va boshqa shaharlarda yuksak hilpirab turibdi.

Husayn Guliyev ta'kidlab o'tdiki, ishg‘oldan ozod etilganlikdan bir muddat so‘ngra bu qadim shahar davlat rahbari Ilhom Aliyev tomonidan Ozarbayjonning madaniyat poytaxti sifatida e'lon etildi. Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Shusha shahrining 270 yilligi munosabati bilan 2022-yilni "Shusha yili", TURKSOY esa 2023-yilda bu shaharni Turk dunyosining madaniyat poytaxti sifatida e'lon qildi.

Elchi Shushada va Ozarbayjonning ozod etilgan boshqa tuproqlarida olib borilgan tiklash-qurilish ishlari borasida ham ma'lumot berib, ozarbayjonliklarning allaqachon o‘z tuproqlariga qaytayotgani haqida so‘z ochdi.

So‘ngra O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi qoshida faoliyat ko‘rsatadigan raqs guruhi ijrosida milliy raqslar taqdim etildi. Qolaversa, bu tadbirga maxsus mehmon sifatida taklif qilingan Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Alohida namunaviy orkestrining estrada hay'ati solistlari Kanon Gadimov, Aynur Iskandarli ijrosida harbiy vatanparvarlik, Vatan, Ona mavzularida qo‘shiqlar kuylandi.

07.11.2023

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint