Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Toshkentda “Ozarbayjon madaniyati va she'riyati” haftaligi
doirasida tadbir tashkil etildi.


O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining loyihasi va tashkilotchiligi bilan joriy yilning 23-26-oktabr kunlarida O‘zbekistonning Toshkent shahri va Xorazm viloyatida “Ozarbayjon madaniyati va she'riyati” haftaligi doirasida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Zamonaviy davr Ozarbayjon - O‘zbekiston adabiy aloqalari” mavzusida tadbir va xalq shoiri Vohid Aziz bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbir ishtirokchilari avvalambor O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida tashkil etilgan Muhammad Fuzuliy nomidagi Ozarbayjon tili va adabiyoti ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurdilar.

Ushbu universitetning katta tadbirlar zalida bo‘lib o‘tgan uchrashuvni kirish so‘zi bilan ochib bergan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti professori Nurboy Jabborov mehmonlar bilan samimiy salomlashib, bunday bir tarixiy hodisaning faqatgina Ozarbayjon adabiyoti uchun emas, O‘zbekiston adabiyoti uchun ham katta ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Tarixiy ildizlari Nizomiy Ganjaviy, Alisher Navoiy, Ogahiy, Xatoiy, Nasimiy, Tabibiy kabi mumtoz adabiyot namoyandalaridan boshlab, G‘afur G'ulom, Cho‘lpon, Husayn Jovid, Maqsud Shayxzoda, Abdulla Oripov, Xalil Rizo, Baxtiyor Vahobzoda kabi so‘z ustalari haqida davom etib, Nurboy Jabborov bugungi kunda ham bu aloqalar davom etayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi.

So‘ngra so‘zga chiqqan mehmon, Ozarbayjon xalq shoiri Vohid Aziz O‘zbekiston-Ozarbayjon adabiy aloqalarida ayniqsa, she’riyatning ta’sirlaridan so‘z ochib, adabiyot sohasida aloqalarning asosini shoirlarning yaratuvchanligi tashkil etishini va buning ham har ikki xalqning o‘xshash adabiy zavqqa ega bo‘lishi bilan asoslanishini gapirib o‘tdi. Xalq shoiri Vohid Aziz nutqining so‘nggida o‘z qalamiga mansub mashhur she’rlarni o‘qib berdi.

Undan keyin so‘zga chiqqan O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi xodimi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Karimulla Mammadzoda Ozarbayjon Madaniyat Markazining Ozarbayjon-O‘zbekiston madaniy aloqalarining mustahkamlanishidagi rolidan so‘z ochib, bu sohada amalga oshirilgan ishlarni gapirib o‘tdi. Ozarbayjon Madaniyat Markazining loyihalari haqida so‘z ochgan Karimulla Mammadzoda bu loyihalar orasida O‘zbekiston - Ozarbayjon birga ishtiroki bilan “Majlisi Faromushon” shoirlar majlisining tashkil etilganini va 2022-yilda “Majlisi Faromushon” a’zolarining Shusha shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvini har oy ikki o‘lka shoirlarining ishtiroki bilan onlayn shaklda o‘tkazilganini, shoirlarning, xususan mumtoz adabiyot namoyandalari va yozuvchilarning asarlari tarjima qilingan nashrlarini, she’r antologiyalarining chop etilganini misol sifatida alohida ta’kidladi. Bularning barchasi Ozarbayjon-O‘zbekiston adabiy aloqalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatganini aytgan notiq, kelajakda ham Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan bu sohaga doir bir qator loyihalarning nazarda tutilganini bildirdi.

Keyingi so‘zga chiqqan tadbir ishtirokchisi, yozuvchi, tarjimon Boboxon Sharif Ozarbayjon boy adabiyotidan, she’riyatidan so‘z ochib, Qorabog‘, xususan Shusha adabiy muhitining, so‘z san’at ustalarining Ozarbayjon adabiyotida, she’riyatida alohida ahamiyatga molik ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Chiqish qilganlar, professor Saodat Muhammedova va o‘zbek shoirasi Farog‘at Xudoyqulova ikki xalqning boy adabiy an’analaridan gapirib, o‘zaro uchrashuvlarning, konferensiya va simpoziumlarning, tarjimalarning, nashrlarning adabiyotning inkishofi, xabardor bo‘lishlik nuqtai nazaridan katta ahamiyatga ega ekanligi haqida gapirdi.

Tadbirning keyingi ishtirokchisi Muhammad Fuzuliy nomidagi Ozarbayjon tili va adabiyoti ilmiy-tadqiqot markazining rahbari, dotsent Gulbahor Ashurova O‘zbekiston-Ozarbayjon adabiy aloqalarida o‘zi rahbarlik qilayotgan markazning roli haqida so‘z yuritdi. Gulbahor Ashurova ilmiy-tadqiqot markazida Ozarbayjon adabiyoti bilan bog‘liq materiallarning to‘plangani, bu sohada olib borilayotgan ishlarga yo‘l berilganini, Ozarbayjon adabiyoti ila bog‘liq seminar va muzokaralarning, poeziya soatlarining o‘tkazilgani haqida aytib o‘tdi.

Tadbirning so‘nggida Muhammad Fuzuliy nomidagi Ozarbayjon tili va adabiyoti ilmiy-tadqiqot markazi qoshidagi “Fuzuliy dilbandlari” to‘garagi a’zolari ishtirokida Vohid Aziz va Ozarbayjon boshqa shoirlarining ijodidan she’riy parchalar ifodali ijro etildi.

24.10.2023

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint