Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O‘zbekistonning mashhur “Sevimli TV” telekanalida Ozarbayjonning poytaxti
Boku shahri haqida ko‘rsatuv namoyish etildi.


O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining loyihasi ila “Haydar Aliyev yili” va Shusha shahrining 2023-yilda TURKSOY tomonidan Turk dunyosining madaniyat poytaxti sifatida e'lon etilishi munosabati bilan O‘zbekiston matbuot xodimlarining Ozarbayjonga “Media-tur” safari tashkil qilindi. “Media-tur” safari davomida O‘zbekistonning “Sevimli TV” telekanali tomonidan shaharning asosiy ziyorat markazlaridan biri bo‘lgan Tog‘ustu parki, Harbiy o‘ljalar parki, Ozarbayjon milliy gilamlari muzeyi va dengiz bo‘yi Bulvar haqida televideniya ko‘rsatuvi tayyorlandi.

Kanalning boshlovchisi Nigora Elmurodova dastlab tomoshabinlarni Tog‘ustu parki bilan tanishtirayotib, bu yer Ozarbayjonning eng baland nuqtasi ekanligi va bu yerdan shaharning, Kaspiy dengizining, dengiz bo‘yi bulvarining chiroyli manzarasini tomosha qilish mumkinligini gapirdi. Jurnalist keyingi syomka jarayonlarini Harbiy o‘ljalar parkida davom ettirib, 44 kunlik Vatan urushi haqida ma'lumot berdi. Shuni ham aytish kerakki, bu yerda Ozarbayjon xalqining o‘z ota-bobolari tuproqlarining armanlar ishg‘olidan ozod qilinishi sharafiga xotira park-kompleksi yaratilgan va parkda Vatan urushi natijasida dushmandan harbiy o‘lja sifatida olib kelingan og‘ir texnika, tanklar, urush mashinalari, artilleriya qurollari va boshqa ashyolar eksponat sifatida ko‘rgazmaga qo‘yilgan.

Keyin esa Ozarbayjon milliy gilamlar muzeyiga tashrif buyurgan jurnalistlar ushbu muzey bilan bog‘liq reportaj tayyorladilar.

Bu yerda qayd etiladiki, o‘ziga xos me'morlik uslubida tikilgan milliy gilam muzeyi zamonaviy Bokuning eng tanilgan me'morlik ramzlaridan biridir va xorijiy turistlarning ziyorat qiladigan joylari orasida birinchi o‘rinda turadi. Shunisi ham ahamiyatliki, muzeyning Ozarbayjonda qadim davrdan beri kelayotgan gilam hunarmandchiligining o‘rganilishi va targ‘iboti sohasida alohida o‘rni bordir. Muzeyning xodimlari tarafidan berilgan ma'lumotlarga ko‘ra, Gilam muzeyida 6000 dan ortiq eksponat to‘plangan va bu ham Ozarbayjon gilamlaridan iborat dunyoning eng katta kolleksiyasidir. Bu yerda ko‘rsatilgan namunalarning aksariyati XVII-XX asrlarga oiddir va turli uslub, maktablarning gilamlari to‘plangan.

Dengiz bo‘yi bulvarida olib borilgan syomka jarayonida jurnalistlar Ozarbayjonliklarning hayot tarzi, Bokuning zamonaviy me'morchiligi, shaharning qiziqarli ko‘chalari, lazzatli oshxonalari, Ozarbayjonliklarning mehmondo‘stligi bilan tanishdilar, shuningdek poytaxt turistlari bilan ham suhbat qildilar.

28.11.2023

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint