Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
1 2 3 4 5
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon tilini o‘rgatish uchun O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi bilan memorandum imzoladi.


O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining tashabbusi bilan O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi o‘rtasida Ozarbayjon tilining O‘zbekistonda onlayn shakldagi darslarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha memorandum imzolandi.

O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi “Ibrat farzandlari” loyihasi rahbari Rustam Qoriyev boshchiligidagi delegatsiya vakillari O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markaziga tashrif buyurdi.

Mehmonlarni qabul qilgan O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi rahbari Samir Abbosov uchrashuv vaqtida Ozarbayjon Madaniyat Markazi tarixi, faoliyati va vazifalari haqida keng ma’lumot berib, O‘zbekistonda Ozarbayjon madaniyati, tarixi, adabiyotining targ‘ibotiga, shuningdek Ozarbayjon tilini o‘rgatish bo‘yicha darslarga katta ahamiyat berilganini va bu sohada ular bilan birgalikda hamkorlik qilishni istagan tashkilotlarga ham dastak bo‘lmoq uchun tayyor ekanligini bildirdi.

“Ibrat farzandlari” loyihasi rahbari Rustam Qoriyev ham o‘z navbatida Ozarbayjon Madaniyat Markaziga tashrif buyurganliklaridan mamnun ekanlarini va kelajakda ham bir qancha sohalarda hamkorlikka tayyor ekanini qayd etdi. O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligining “Ibrat farzandlari” loyihasi haqida ma’lumot bergan Rustam Qoriyev loyihaga yaqindan yordam bergani va qiziqish bildirgani uchun Samir Abbosovga o‘z tashakkurini bildirdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi bilan O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi o‘rtasida hamkorlik doirasida birga tadbirlarning, yoz-qish mavsumi oromgohlarining, ustoz darslari, ko‘rgazma va musobaqalarning, bilimlar bellashuvi olimpiadalarining, tahsil, madaniyat sohasidagi loyihalarning, o‘lkalarimizda yoshlar siyosatining qo‘llab-quvvatlanishi va boshqa bir qancha sohalarda hamkorlik istiqbollari muzokara qilinib, bir qancha masalalar ustida roziliklarga erishildi va O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining tashabbusi bilan O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi o‘rtasida Ozarbayjon tilining O‘zbekistonda onlayn shaklda o‘rgatilishi bo‘yicha memorandum imzolandi.

Ma’lumot uchun shuni ham aytish kerakki, O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi “Ibrat farzandlari” loyihasi yoshlarning xorijiy tillarni o‘rganishi uchun Internetning “YouTube” ijtimoiy tarmog‘ida yaratilgan katta bir platformadir.

2022-yilda yaratilgan va yangi loyiha hisoblangan “Ibrat farzandlari” loyihasining maqsadi xorijiy tillarni pulsiz, oddiy va oson shaklda o‘rgatishdan iboratdir. Loyihada qisqa muddat davomida turli tillarda bilimlarga ega bo‘lishni istaganlar uchun qulay sharoit yaratilgan va har bir til o‘rgatilishi “YouTube” sahifasida joylashtirilgan videolar vositasi bilan maxsus mobil dastur asosida olib boriladi.

Qayd etish lozimki, O‘zbekistonda “Ibrat farzandlari” loyihasiga qisqa muddat mobaynida 410 mingdan ortiq talaba va yoshlar qo‘shilgandir. Hozirda ushbu dasturdan 354 mingga yaqin yoshlar foydalanadi. Bu mobil dasturda talabalar onlayn va oflayn darslarda qatnasha oladi, ayni vaqtda interaktiv shaklda til darajalarini bilish uchun, bilimlarini mustahkamlash uchun test va topshiriqlarni bajarib, lug‘at boyliklarini ham orttiradilar. Bu yo‘l bilan dastur foydalanuvchilarining xorijiy til bilimlariga muvofiq darajada darslar va testlar tavsiya etiladi.

Hozirda loyiha doirasida ozarbayjon, koreys, nemis, yapon, ingliz, turk, xitoy, rus, ispan, fransuz, arab, fors, urdu, hind, malay, pushtu va boshqa tillar bilan birgalikda 25 dan ortiq xorijiy tillar o‘qitiladi.

Qayd etish kerakki, Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihaga yordam bermoq uchun dars vositalari, lug‘atlar, tanishuv kitoblari, audio-video disklar, til bilimlarini mustahkamlash uchun Ozarbayjon tilidagi adabiyotlarni "Ibrat farzandlari" loyihasiga hadya qilib, darslar va mobil dastur tashkil etilishiga yaqindan yordam qilmoqda.
Loyihada Ozarbayjon tilini o‘rganishni xohlovchilar bu havola vositasi bilan qo‘shila oladilar.
Uchrashuv vaqtida “Ibrat farzandlari” loyihasining rahbari Rustam Qoriyev Ozarbayjon-O‘zbekiston madaniy, adabiy aloqalarining mustahkamlanishidagi faoliyati uchun Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan faxriy farmon bilan taqdirlandi va delegatsiya vakillariga Ozarbayjon tilining darslari uchun dars vositalar, lug‘atlar va tanishuv kitoblari, badiiy adabiyotlar sovg‘a qilindi.

29.11.2023

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint