Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Ozarbayjon davlatiga tashkil etilgan “Media-tur” safarining natijasi o‘laroq O‘zbekistonning telekanallarida o‘lkamizga oid ko‘p sonli televideniya ko‘rsatuvlari namoyish etildi.


O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi bilan “Haydar Aliyev yili” va Shusha shahrining 2023-yilda TURKSOY tomonidan Turk dunyosining madaniyat poytaxti sifatida e’lon etilishi munosabati bilan O‘zbekiston matbuoti namoyandalarining Ozarbayjonga “Media-tur” safari tashkil qilindi.

“Media-tur” doirasida O‘zbekistonning “O‘zbekiston” va “Dunyo bo‘ylab” davlat telekanallarida Boku shahri, Ozarbayjon va Turk dunyosining madaniyat poytaxti - Shusha shahri, shuningdek Fuzuliy tumaniga bag‘ishlangan televideniya ko‘rsatuvlari namoyish etildi.

Efirga uzatilgan televideniya ko‘rsatuvlarida boshlovchilar tomoshabinlarni o‘lkamizga oid keng, qiziqarli ma’lumotlar, materiallar bilan tanishtirdilar. Televideniya ko‘rsatuvlarida Boku shahrining zamonaviy va ayni paytda qadim binolari, parklari, maydonlari, Boku Bulvari, Xazar dengizining fusunkor, go‘zal manzarasiga oid kadrlar o‘rin olgan.

Namoyish etilgan ko‘rsatuvlarda har bir ozarbayjonlik uchun muqaddas yer - Vatan tuproqlarining butunligi orzusida jon fido etgan xalqning qahramon avlodlari joy olgan Shahidlar xiyoboni va shahidlar haqida ham alohida namoyish efirga uzatildi.

O‘zbek jurnalistlari tomoshabinlar uchun Qorabog‘ hududining marvaridi, Turk dunyosining madaniyat poytaxti nomiga munosib ko‘rilgan, madaniyatimiz beshigi, tarixi Shusha shahri haqida ham maxsus namoyish taqdim etdilar. Ko‘rsatuvlarda qayd etiladiki, shahar nafaqat go‘zal tabiat manzaralari, o‘simlik dunyosi bilan mashhur, balki bu yerning boy madaniy-adabiy, musiqiy merosi, nodir gilamdo‘zlik an’analari, ko‘hna tarixiy obidalari, bir qancha taniqli ozarbayjonliklarning vatani va nihoyat Ozarbayjonning madaniyat poytaxtidir.

Shushada reportajlar tayyorlagan “Media-tur” a’zolari Qorabog‘ shoiri va davlat arbobi Mulla Panoh Voqifning Prezident Ilhom Aliyev topshirig‘iga binoan barpo etilgan muzey-maqbara ziyoratiga ham tashrif buyurdilar.

Keyingi ko‘rsatuvlarda ishg‘oldan ozod qilingan va keng bunyodkorlik maydoniga aylangan Ozarbayjonning Fuzuliy tumani haqida ham reportajlar namoyish etildi.

Televideniya dasturida avvalo, Ozarbayjonning buyuk shoiri Muhammad Fuzuliy nomi berilgan shaharning urushdan avvalgi davrlardagi teatrlari, muzeylari, kutubxonalari, bog‘lari, parklari, umummilliylikda tumanni aks ettirgan kadrlar namoyish etildi. Undan keyin esa shaharning Armaniston ishg‘oli natijasida vayron qilingan va talon-taroj etilgan tasvirlari ham taqdim etildi.

Tasvirga olingan kadrlardagi e’tiborli jihat shuki, so‘nggi 30 yilga yaqin muddatda Fuzuliy tumani ishg‘ol natijasida o‘liklar shahriga aylangan. Tasvirlarda Ozarbayjon ota-bobolari hududlarining 30 yilga yaqin Armaniston tarafidan ishg‘ol qilingani va bu tuproqlarda amalga oshirilgan vandalizm ishlari ham aks ettirilgan.

Fuzuliy tumani bilan tanishuv vaqtida jadal sur'atlarda amalga oshayotgan, bunyodkorlik, quruvchilik ishlari tasvirlari, shuningdek O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘i bilan Fuzuliy shahrida barpo etilgan va ikki xalqning do‘stligi ramziga aylangan, buyuk o‘zbek olimi Mirzo Ulugʻbekning nomiga bunyod etilgan 1-sonli o‘rta maktabdan ham reportajlar tayyorlandi.

Shu narsa bildirildiki, maktab ikki xalq do‘stligining, qardoshligining yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi va maktab vositasida Ozarbayjon yoshlari O‘zbekistonning boy tarixi, madaniyati va buyuk ajdodlarning merosi bilan ham tanishadilar.

Dastur so‘nggida Ozarbayjon Respublikasi Minalardan Tozalash Agentligining “Media-tur” a’zolari uchun tashkil qilingan brifing ham taqdim qilindi. Brifingda ahamiyatli jihat shuki, 44 kunlik Vatan urushida muzaffar Oliy Bosh Qo‘mondon Ilhom Aliyevning rahbarligi bilan Ozarbayjon Armiyasi ishg‘ol qilingan tuproqlarni ozod etdi va endi bu hududlarda dushman tomonidan ko‘p sonli minalar joylashtirilgani va buning natijasida ko‘p sonli aholimiz minalarning qurboni bo‘lgani achinarli ahvoldir. O‘zbek jurnalistlariga taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 1991-yildan bu kunga qadar 3 385 ta Ozarbayjon aholisi minalarning qurboni bo‘lgan.

Hozirda Ozarbayjon davlatining olib borayotgan keng bunyodkorlik ishlari, hududlarning portlovchi minalardan tozalanishi davomida amalga oshirilgan ishlar haqida mehmonlarga ma'lumot berildi.
Shuni ham aytish kerakki, O‘zbekistonning yetakchi telekanallarida Ozarbayjon davlatiga oid ko‘rsatuvlar, tasvirlar o‘zbek va rus tillarida efirga uzatildi.

01.12.2023

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint