Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
1 2 3 4 5 6
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O‘zbekcha Vikipediyada Turk dunyosining madaniyat poytaxti - Shusha shahri haqida turkum maqolalar yaratildi.


O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining loyihasi bilan “Wikipedia.org” xalqaro elektron ensiklopediyasining O‘zbekcha Vikipediyasida Ozarbayjonga oid turkum maqolalar yaratish ishlari davom etmoqda.

Xalqaro Turk Madaniyati Tashkiloti TURKSOY tomonidan 2023-yilda Shusha shahrining Turk dunyosining madaniyat poytaxti sifatida e’lon qilinishi munosabati bilan Ozarbayjon Madaniyat Markazining Vikivolontyorlari tomonidan O‘zbekcha Vikipediyada Shusha shahrida joylashgan tarixiy obidalar, me’morchilik namunalari, taniqli shushaliklarning uy-muzeylari haqida yangi turkum maqolalar yaratildi.

Ularda “Qorabog‘ Xon saroyi”, "Qorabuyuk xonim saroyi", “Hoji Gulularning mulki”, “Mehmondarovlarning uyi”, “Zuhrabboyevning uyi” nomli maqolalar o‘rin olgan.

Yangi yaratilgan “Qorabog‘ Xon saroyi”, “Qorabuyuk xonim saroyi” bo‘limlarida qayd etilganki, Shusha qal’asi hududida bir nechta saroyning bo‘lishi haqida ma’lumot berilsa-da, ulardan faqatgina ikkita saroy – “Qorabuyuk xonim saroyi”, “Panohali xon saroyi” bugungi kungacha saqlanib qolgandir. Vikimaqolaning “Tarix” nomli bo‘limida qayd etiladiki, O‘rta asrlarga oid feodal davrda butun shaharlari shahar ichida, qo‘riqlanadigan tepaliklarda qurilgan istehkom qal’alarning mavjud ekanligi bilan tavsiflanadi.

Bu qal’alarda esa hukmdorga xizmat qilmoq va uning xavfsizligini ta’minlamoq uchun saroy kompleksi, istehkom va boshqa binolar mavjud bo‘lgan. Shusha qal’asining qal’a me’morchiligining o‘ziga xosligi sayyohlarning va shahar mehmonlarining e’tiborini jalb etgan va manbalarda bu bilan bog‘liq ma’lumotlarning mavjudligi ham ta’kidlanadi. “Hoji Gulularning Mulki” maqolasida 1849-yilda yaratilgan tarixiy me’morchilik binosi haqida so‘z yuritiladi.

“Mehmondarovlarning uyi”, “Zuhrabboyevning uyi”ga bag‘ishlangan maqolalarda esa XVIII asr Ozarbayjon me’morchiligining eng qiziqarli va go‘zal namunalaridan biri bo‘lgan va Shushada joylashgan saroy tipidagi tarixiy turar-joy komplekslari haqida ham ma’lumotlar berilgan. Qayd etiladiki, ushbu binolarning interyerlari Shaki Xon saroyining devor rasmlariga o‘xshash rasmlar bilan bezatilgandir.

Yaratilgan maqolalarda ta’kidlanadiki, bu obidalarning aksariyati Armaniston tarafidan Ozarbayjon hududlarining 30 yillik ishg‘oli natijasida vayron qilingan, ba’zilaridan faqat devorlar qolgan.

Maqolalarda ahamiyatli jihat shuki, 44 kunlik Vatan urushida Muzaffar Oliy Bosh Qo‘mondon Ilhom Aliyevning rahbarligi bilan Ozarbayjon Armiyasi ishg‘ol qilingan vatan tuproqlarini ozod qildi va hozirda Ozarbayjon davlati tomonidan bu hududlarda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda, Haydar Aliyev Fondi tomonidan bu obidalarning barpo etilishi amalga oshirilmoqda.

“Wikipedia.org” elektron ensiklopediyasida yaratilgan maqolalar bilan quyidagi havolalar orqali tanishish mumkin:
Qorabog‘ Xon saroyi
Qorabuyuk xonim saroyi
Hoji Gulularning mulki
Mehmondarovlarning uyi
Zuhrabboyevning uyi

06.12.2023

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint