XABARLAR 2023
Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy aloqalarga doir fikrlar almashish ishlari olib borildi.
O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining direktori Samir Abbosov O‘zbekiston Madaniyat vazirligining xalqaro aloqalar bosh mutaxassisi, Ozarbayjon bo‘yicha kurator Xamroz Dehqonov bilan uchrashuv olib bordi.
Uchrashuvda Ozarbayjon-O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy aloqalar sohasida imzolangan shartnomalarning ijrosi, O‘zbekistonda bu yil rejalashtirilgan Ozarbayjon Madaniyat kunlarining o‘tkazilishi bilan bog‘liq tashkiliy masalalar, Ozarbayjon va O‘zbekiston Maqom markazlari orasida aloqalarning kengayishi va bu borada imzolanadigan hujjatlar, hamkorlikka doir masalalar muhokama qilindi.
07.12.2023