Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
  • bg14
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O‘zbekistonda ulug‘ yo‘lboshchi Haydar Aliyevning xotira kuni
munosabati bilan marosim bo‘lib o‘tdi.


Ozarbayjonning O‘zbekistondagi Elchixonasi va uning qoshidagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi birgalikda Ozarbayjon xalqining buyuk farzandi, davlatchiligimiz tarixida cheksiz xizmatlar qilgan shaxsiyat, dunyoga mashhur siyosatchi, Umummilliy Lider Haydar Aliyevning xotira kuni munosabati bilan marosim bo‘lib o‘tdi.

Marosimda Elchixona va Madaniyat Markazining hamkorlari, shu yerda yashovchi ozarbayjonliklar va o‘zbeklar, Ozarbayjon diasporasi a’zolari va jurnalistlar ishtirok etdilar.

Dastavval Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Husayn Guliyev va mehmonlar ulug‘ yo‘lboshchi Haydar Aliyevning elchixonadagi byusti oldiga gullar qo‘ydilar. Keyin esa tadbir ishtirokchilari elchixonaning foyesida tashkil etilgan, Haydar Aliyevning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan foto va nashr ko‘rgazmasi bilan tanishdilar.

Tadbirda chiqish qilgan elchi Husayn Guliyev Umummilliy Lider Haydar Aliyevning faoliyati haqida so‘z ochib, uning Ozarbayjon xalqi va davlatchiligi oldida mislsiz xizmatlari haqida so‘z yuritdi, bu buyuk shaxsiyat xotirasining har bir ozarbayjonlik qalbida yashashini bildirdi. U zamonaviy va mustaqil Ozarbayjonning bugunki Prezidenti Ilhom Aliyevning rahbarligi bilan rivojlanish yo‘lini dadil davom ettirishini qayd etdi. 44 kunlik Vatan urushida o‘lkamizning g‘alabasi haqida gapirgan elchi Husayn Guliyev ta’kidladiki, ulug‘ yo‘lboshchining vasiyatini amalga oshirgan ajdodlarimizning tuproqlarini arman ishg‘olchilaridan va vandallaridan ozod qilgan janob Prezident Ilhom Aliyev butun Ozarbayjon xalqining g‘ururidir.

Oxirda Husayn Guliyev ta’kidladiki, Haydar Aliyev Prezident Ilhom Aliyev olib borgan islohotlar soyasida kuch, nufuz, muvaffaqiyat va inkishof namunasiga aylangan, orzu qilgan bugunki Ozarbayjon bilan faxr etardi.

Keyin chiqish qilgan Ozarbayjon-O‘zbekiston do‘stlik jamiyati ijrochi direktori, professor Erkin Nuriddinov O‘zbekistondagi ozarbayjonliklar va boshqa tadbir ishtirokchilari bilan ulug‘ yo‘lboshchi haqida o‘z fikr va mulohazalarini bo‘lishdi, umrini Ozarbayjoon xalqi va davlatchiligi uchun fidokor xizmatga baxshida etgan bu daho shaxsiyatga hurmat va ehtiromlarini bildirdi.

Qayd etish kerakki, Umummilliy Lider Haydar Aliyevning aziz xotirasi Ozarbayjon Madaniyat Markazida va shuningdek, Toshkentda joylashgan Haydar Aliyev parkidagi yodgorliklarning poyiga gul qo‘yish bilan ham buyuk ehtirom ila yod etdilar.

12.12.2023

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint