Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
1 2 3 4 5 6 7 8 9
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O‘zbekistonning televideniya kanallarida Ozarbayjon bilan bog‘liq
ko‘rsatuvlar efirga uzatildi.


O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining loyihasiga asosan “Haydar Aliyev” yili va TURKSOY tomonidan Shusha shahrining Turk dunyosining madanyat poytaxti deb e’lon qilingani munosabati bilan 2023-yilda O‘zbekiston Matbuot xodimlarining ishtiroki bilan Ozarbayjonga “Media-tur” tashkil etildi.

“Media-tur” doirasida O‘zbekiston davlat telekanalining “O‘zbekiston umumiy uyimiz” ko‘rsatuvida va “Milliy TV” telekanalida Ozarbayjonning poytaxti Boku shahri, Ozarbayjonning va 2023-yilda Turk dunyosining madaniyat poytaxti sifatida e’tirof etilgan Shusha shahrining, shuningdek, Fuzuliy rayoniga ham bag‘ishlangan maroqli, qiziqarli televideniya dasturlari namoyish etildi.

Televideniya dasturida dastavval O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining direktori Samir Abbosov intervyusi o‘rin olgan. U Ozarbayjon bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik munosabatlari haqida gapirib, mustaqillik yillarida bu ikki qardosh o‘lka orasida madaniy va gumanitar aloqalarning yanada mustahkamlanganini ta’kidladi. Diplomat Ozarbayjon Madaniyat Markazining bu sohada turli loyihalar amalga oshirganini, o‘zaro madaniy aloqalarimizni, hamkorligimizni yanada kuchaytirmoq va kengaytirmoqni o‘zining asosiy maqsad va vazifasi hisoblaganini aytib o‘tdi. S.Abbosov O‘zbekiston jurnalistlarining Ozarbayjonga media-turining asosiy maqsadi haqida gapirib, Ozarbayjon Madaniyat Markazining O‘zbekistonda Ozarbayjon bilan bog‘liq bor haqiqatlarni anglatmoq, milliy madaniyatimizni targ‘ib qilmoq maqsadi bilan qardosh o‘lkaning matbuoti uchun har yil muntazam ravishda shunga o‘xshash safarlarning tashkil qilingani haqida so‘zladi.

Qayd etish kerakki, Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan joriy yilning 16-19-noyabr kunlari ishg‘oldan oilingan Ozarbayjon tuproqlariga, Fuzuliy rayoniga, Shusha shahriga tashkil qilingan media-turning asosiy maqsadi Ozarbayjon haqiqatlarini, Armanistonning Ozarbayjonga qarshi tajovuzini, ularning 30 yilga yaqin muddat davomida tuproqlarimizda olib bogran ishg‘ol siyosati, infrastruktur va milliy madaniyatimizga bergan ziyoni, Vatan tuproqlarining ozod qilingani, Ozarbayjonning g‘alabasi, Qorabog‘da olib borilgan yangidan qurilishlar va bunyodkorlik ishlari Ozarbayjon xalqining boy madaniyatini namoyish etmoqdadir.

“Media-tur” doirasida o‘zbek jurnalistlar Ozarbayjonning va Turk dunyosining madaniyat poytaxti, dunyoga buyuk shoirlar, yozuvchilar, bastakorlar va rassomlar yetishtirib bergan Shusha shahri haqida ham maxsus reportaj taqdim etdilar. Media-turning ishtirokchilari Ozarbayjon davlati tomonidan shaharda olib borilgan katta bunyodkorlik ishlari bilan ham bog‘liq reportajlar olib bordilar.

Televideniya dasturida ishg‘oldan ozod etilgan Fuzuliy rayonining tasvirlari, shaharning og‘ir yaralari – 30 yilga yaqin arman ishg‘olinng ayanchli izlari namoyish etildi. Tomoshabinlar efirga uztilgan ushbu ko‘rsatuvda O‘zbekistonning Ozarbayjon xalqiga hadyasi sifatida barpo etilgan, xalqlarimiz orasidagi qardoshlik va do‘stlikning ramzi bo‘lgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi 1-sonli Fuzuliy shahar o‘rta maktabi bilan ham tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.

Bu yerda qayd qilinadiki, shogirdlar endi bu maktabda o‘z Vatanlarining, hamda qardosh O‘zbekistonning tarixi haqida ham bilimga ega bo‘ladilar. Shuni ham aytish kerakki, dasturda ikki xalq do‘stligi, uning buyuk shaxsiyatlari kuylangan she’rlarni ifoda etgan o‘quvchilarning tasvirlari ham aks etgan.

Shuningdek, ko‘rsatuvlarda tomoshachilarga Ozarbayjon poytaxtining betakror arxitekturasi, ma’muriy va turar-joy binolari, dengizbo‘yining sohili, Bokuning unikal panaramasi bilan tanishish imkoni ham yaratildi.

Televideniya ko‘rsatuvlarida Ozarbayjon xalqining mehmondo‘stligi, samimiyligi, qiyossiz tabiati, lazzatli oshxonasi haqida turli o‘lkalardan, shuningdek, O‘zbekistondan kelgan turistlarning ham fikrlari o‘rin olgan.

O‘zbek tomoshabinlariga taqdim etilgan televideniya dasturida, shuningdek, Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy-adabiy aloqalar ham namoyish etilgan, xalqlarimizning sevimli va ehtirom bilan xotirlanadigan buyuk ijodkorlari Nizomiy Ganjaviy, Alisher Navoiy, Muhammad Fuzuliy, Imomaddin Nasimiy kabi daholarning shaxsiyatlari, ijodi ham yoritilgan.

Dastur so‘nggida musiqiy klip ham taqdim etildi va bu klipda alvon rangli milliy kiyimlar kiygan raqs ansambli ishtirokchilarining Ozarbayjon milliy raqsi ham namoyish etildi.

Qayd etish kerakki, o‘lkamiz haqida filmlar efirga uzatgan “O‘zbekiston” va “Milliy TV” telekanallari O‘zbekistonning eng mashhur, sevimli kanallari bo‘lib, keng tomoshabin auditoriyasiga egadir.

13.12.2023

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint