Toshkent davlat Sharqshunoslik universitetida Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjonshunoslik markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining loyihasi bilan O‘zbekistonning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lgan Toshkent davlat Sharqshunoslik universitetida Ozarbayjon xalqining umummilliy lideri Haydar Aliyevning 100 yillik yubileyi munosabati bilan tashkil qilingan Ozarbayjonshunoslik Makazining ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Universitetning Turkshunoslik fakultetida tashkil etilgan Ozarbayjonshunoslik Makazida ulug‘ yo‘lboshchi Haydar Aliyevning byusti qo‘yilgan, uning davlatchiligimiz, ona tili – ozarbayjon tili bilan bog‘liq hikmatli so‘zlari, Ozarbayjon - O‘zbekiston do‘stligiga oid burchaklari tashkil etilgan, tariximiz, davlatchiligimiz, madaniyatimizga doir kichik kutubxona yaratilgandir.
Tadbirni kirish so‘zi bilan ochib bergan Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti rektori, professor Gulchehra Rixsiyeva ushbu ta’lim muassasasi haqida gapirarkan, 1918-yilda yaratilgan Toshkent Sharqshunoslik universitetining vorisi bo‘lgan, 105 yillik yubileyini nishonlagan universitetda 7 ta fakultet, 14 ta yo‘nalish bo‘yicha 5000 ga yaqin talaba tahsil olganini qayd etdi.
Rektor universitetda turk, arab, fors, koreys, yapon, xitoy, urdu, hind, pashtu, malay, vyetnam va boshqa tillar bo‘yicha mutaxasisslar tayyorlanganini ta’kidlarkan, O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining tashabbusi va tashkilotchiligi bilan 2022-yildan boshlab ozarbayjon tilining o‘qitilishi ham yo‘lga qo‘yilganini alohida ta’kidlab aytib o‘tdi.
Gulchehra Rixsiyeva Ozarbayjon bilan bog‘liq kuchli aloqalar haqida so‘z ochib, Ozarbayjon Madaniyat Markazi bilan kelishuvga ko‘ra kelajakda ushbu universitetda ozarbayjon tili bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanishining yo‘lga qo‘yilishi va yaratilgan Ozarbayjonshunoslik Markazining bu sohada katta rol o‘ynashi haqida gapirdi. U Ozarbayjonshunoslik Markazining Sharqshunoslik universiteti talabalari, o‘zbek yoshlari va tadqiqotchilari uchun Kafkazning yetakchi davlati, qardosh Ozarbayjonni yanada yaqindan o‘rganmoq uchun katta imkoniyatlar berishiga ishonishini aytdi.
O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining direktori Samir Abbosov Ozarbayjon – O‘zbekiston do‘stligi, Turk davlatlari orasida madaniy aloqalar va hamkorlik borasida gapirib, davlat rahbarlarining uchrashuvlari va berilgan topshiriqlar natijasida bugun munosabatlarning yuksak darajaga chiqqanini bildirib o‘tdi.
Diplomat Ozarbayjon xalqining, davlatchiligining tarixida mislsiz xizmatlarni qilgan umummilliy lider Haydar Aliyevning nomini olgan Markazning kelajakdagi faoliyati va uning Ozarbayjon tili, tarixi, madaniyati, adabiyoti targ‘iboti maqsadida tashkil etilgani haqida gapirdi.
U bu kabi markazlarning O‘zbekistonda allaqachon 10 ta oliy ta’lim muassasasida yaratilganini, so‘z borgan Ozarbayjonshunoslik Markazining o‘lkamizga doir lozimiy targ‘iboti vositalari, nashrlar, esdaliklar, ma’lumot taxtalari, jihozlari bilan ta’minlanganini va bu markazda doim Ozarbayjon, shuningdek ikki o‘lka do‘stligiga doir tadbirlar, munozaralar, simpoziumlar, seminarlarning tashkil etilishini, ozarbayjon tili o‘qitilishining amalga oshirilishini qayd etdi.
O‘zbekiston-Ozarbayjon do‘stlik jamiayti ijrochi direktori, professor Erkin Nuriddinov O‘zbekiston - Ozarbayjon aloqalarida Haydar Aliyevning tarixiy rolidan so‘z ochib, aynan uning nomi bilan tashkil etilgan Ozarbayjon Madaniyat Markazining ikki qardosh o‘lka, xalq orasida aloqalarning mustahkamlanishi sohasida amalga oshirgan ishlarini yuksak baholadi.
Chiqish qilgan boshqa ma’ruzachilar – Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti Turkshunoslik fakulteti dekani, dotsent Jumali Shabanov, O‘zbekiston Milliy universiteti professori Nigina Shermuxammedova, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti Gulbahor Ashurova, Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti professori Adhambek Alimbekov universitetda Ozarbayjonshunoslik Markazining yaratilganini, kelajakda tashkil qilinadigan Ozarbayjon tili fakulteti uchun katta imkoniyatlar berishini, she’riyat tili, turkiy tillar orasida nufuzli tillardan biri bo‘lgan ozarbayjon tilini o‘rganish, uning o‘qitilishi sohasida muvaffaqiyatli bir qadam bo‘lganini ta’kidlab aytdilar.
Chiqish qilganlar Ozarbayjon va O‘zbekiston do‘stligi, qardoshlik munosabatlaridan so‘z ocharkan, bu sohada umummilliy lider Haydar Aliyevning tarixiy xizmatlari haqida gapirib, Haydar Aliyevning g‘oyalari va orzulari amalga oshganini, mustaqil davlatlarimizning taraqqiy etganini, turkiy davlatlar o‘rtasida hamkorlikning yuksak darajaga olib chiqilganini, madaniyatimiz, tariximiz, adabiyotimizga oid dunyoda go‘zal loyihalarning amalga oshirilganini va bu bilan faxrlanishlarini aytib o‘tdilar.
Tadbirda Toshkent davlat Sharqshunoslik universitetining ozarbayjon tilidan saboq olayotgan talabalari ona tilimizda she’rlar aytdilar, xalq shoiri Samad Vurg‘unning she’rini ifodali qilib, yoddan o‘qib berdilar.
Ozarbayjon Madaniyat Markazi nomidan Sharqshunoslik universitetiga “Iravon gilamlari” kitobi, Markazning loyihasi bilan Shushaga oid 5 tilli nashr va O‘zbekistonda muomalaga chiqarilgan “Haydar Aliyev” va “Shusha - Turk dunyosining madaniyat poytaxti” pochta markalari hadya etildi.
Tadbir doirasida O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi bilan nashr qilingan “Haydar Aliyev - 100 kalom” nomli kitob ishtirokchilarga taqdim etildi. Shuni ham aytish kerakki, ushbu kitobda ulug‘ yo‘lboshchi Haydar Aliyevning 100 ta umumbashariy fikrlari to‘plangan va bu kitob o‘zbek, turk, ozarbayjon tillarida chop etilgan.
15.12.2023