Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
  • bg14
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Toshkentda O‘zbekiston-Ozarbayjon Do‘stlik jamiyatining 25 yillik yubileyi va ikki o‘lka do‘stligiga oid xalqaro konferensiya tashkil etildi.


1998-yilda tashkil etilgan O‘zbekiston-Ozarbayjon Do‘stlik jamiyati ikki o‘lka o‘rtasida do‘stlik aloqalarining yo‘lga qo‘yilishida yuksak xizmatlarni qilgan va bu jamiyatning atrofida ko‘plab o‘zbek, ozarbayjonlik ziyolilar birlashgandir.

O‘zbekiston-Ozarbayjon Do‘stlik jamiyati Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti bazasi asosida faoliyat ko‘rsatadi va O‘zbekiston Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi qoshida tashkil etilgan.

O‘zbekiston-Ozarbayjon Do‘stlik jamiyatining 25 yillik yubileyi munosabati bilan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida o‘tkazilgan “Qardoshlik aloqalarining mustahkamlanishi yo‘lida” nomli konferensiyada davlat va hukumat vakillari deputatlar, jamiyatning, Ozarbayjon Madaniyat Markazi va Toshkent davlat pedagogika universitetining rahbarligi, jamoatchilik vakillari, Ozarbayjondan kelgan mehmonlar ishtirok etdilar.

Dastavval mehmonlar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti foyesida tashkil etilgan “Do‘stligimiz abadiydir” nomli fotoko‘rgazma bilan tanishtirildi. Fotoko‘rgazma o‘tgan yillar mobaynida Do‘stlik jamiyatining ikki o‘lka o‘rtasida do‘stlik va hamkorlikning kengaytirilgani sohasidagi faoliyati, o‘tkazilgan tadbirlar, amalga oshirilgan loyihalar o‘z aksini topgan.

Ushbu tadbirni kirish so‘zi bilan ochib bergan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori, professor Abdug‘affor Qirg‘izboyev O‘zbekiston-Ozarbayjon tarixiy do‘stligi haqida so‘z ochib, bugun bu aloqalarning strategik ittifoq darajasiga ko‘tarilganini aytib o‘tdi. Rektor Ozarbayjonning buyuk, daho shoiri nomini olgan universitetning bazasida tashkil etilgan O‘zbekiston-Ozarbayjon Do‘stlik jamiyati ikki o‘lka orasida do‘stlikka, hamkorlikka doim imkonlar berganini ta’kidlab aytdi va jamiyatning O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi bilan birgalikda amalga oshirgan ishlarining, loyihalarining tahsinga sazovor ekani haqida gapirdi.

O‘zbekiston Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi Rustam Qurbonov O‘zbekistonda butun millatlarning tinch, o‘zaro hurmat, o‘z odat va an’analarini, madaniyatlarini himoya qilib saqlagan holda taraqqiy etayotgani, ijtimoiy hayotdagi ishlarda faol ishtiroki ta’minlanayotganini alohida ta’kidladi. Rustam Qurbonov O‘zbekiston-Ozarbayjon Do‘stlik jamiyatini O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatuvchi bu kabi jamiyatlar orasida eng faol tashkilot ekanini, o‘lkalarimiz orasidagi munosabatlarda jamiayatning ham xizmatlari katta ekanini ta’kidlab, jamiyat rahbarligini 25 yillik yubileyi munosabati bilan tabrikladi.

O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori ikki o‘lka orasidagi munosabatlarning davlat rahbarlarimiz olib borayotgan oqilona siyosati natijasida yuksak darajaga ko‘tarilganini qayd etib, o‘zi rahbarlik qilayotgan Madaniyat Markazining Do‘stlik jamiyati bilan yaqin hamkorligi natijasida so‘nggi 10 yil ichida ikki o‘lka orasida do‘stlik va hamkorlikka doir yuzlab tadbir va loyihalarning amalga oshirilgani haqida ta’kidlab aytdi.

Samir Abbosov haiqiqiy do‘stning og‘ir kunlarda bilinishini, Ozarbayjon tuproqlari 30 yilga yaqin ishg‘ol ostida va 44 kunlik Vatan urushi paytida O‘zbekiston-Ozarbayjon Do‘stlik jamiyati doim Ozarbayjon yonida turganini, ishg‘olni qoralovchi bayonotlar bilan chiqqanini ta’kidlab, o‘zbek xalqi, davlatning hamisha Ozarbayjonning haq ishini qo‘llab-quvvatlaganini aytdi va buning uchun minnatdorchilik bildirdi.

Tadbirda chiqish qilgan O‘zbekiston-Ozarbayjon Do‘stlik jamiyati ijrochi direktori, professor Erkin Nuriddinov jamiyatning yaratilishi tarixidan, 25 yillik faoliyatidan O‘zbekiston-Ozarbayjon do‘stlik munosabatlarining mustahkamlanishida, yangi munosabatlarning, ilmiy, madaniy, adabiy aloqalarning yo‘lga qo‘yilishida amalga oshirilgan loyihalar, ko‘rilgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Chiqish qilgan boshqa mehmonlar – O‘zbekiston Oliy Majlisi deputatlari Gulbahor Saidg‘aniyeva va Oydin Abdullayeva, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti Gulbahor Ashurova, Ozarbayjon Fanlar akademiyasi dotsenti Azizog‘a Najafov davlatlarimiz o‘rtasida madaniy, ilmiy, adabiy aloqalardan so‘z ochib, jamiyatning xalqlarimiz orasida do‘stlik va hamkorlik yo‘lida qilgan ishlari va faoliyatlariga nazar solib, ko‘rilgan ishlarni yuksak baholadilar. Ular Turkiy dunyoning ikki yetakchi o‘lkasi Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasida aloqalarning yanada kengaytirilishi, mustaqilliklarning yanada mustahkamlanishi, dunyo davlatlari orasida obro‘-e’tiborlarining yuksalishi faxr tuyg‘usini berishini ta’kidlab gapirdilar.

Chiqishlardan keyin Samir Abbosov O‘zbekiston-Ozarbayjon Do‘stlik jamiyati ijrochi direktori, professor Erkin Nuriddinovga Ozarbayjon va O‘zbekiston Prezidentlarining siymolari aks etgan Ozarbayjon gilamini sovg‘a qildi.

Tadbirda Do‘stlik jamiyatining 25 yillik faoliyati aks etgan hujjatli film namoyish qilinib, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabalari Ozarbayjonga, O‘zbekistonga, shuningdek ikki qardosh o‘lkaning do‘stlik munosabatlariga bag‘ishlangan she’rlar ijro etdilar.

Tadbir so‘nggida O‘zbekiston-Ozarbayjon do‘stlik munosabatlarida xizmat ko‘rsatgan bir guruh faollar O‘zbekiston Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi va O‘zbekiston-Ozarbayjon Do‘stlik jamiyati tomonidan faxriy farmon bilan taqdirlandilar, O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan esa bu tashkilotlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

25.12.2023

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint