Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
1 2 3 4 5 6 7 8 9
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O‘zbekistonda dunyodagi Ozarbayjonliklarning birdamlik kuni va
Yangi yil munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.


O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida 31-dekabr dunyodagi Ozarbayjonliklarning birdamlik kuni va Yangi yil bayrami munosabati bilan tadbir kechasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi, Ozarbayjon Madaniyat Markazi, "O‘zbekiston-Ozarbayjon do‘stlik jamiyati" rahbariyati, O‘zbekistonning ilm, madaniyat, san'at xodimlari, ta'lim sohasining vakillari, O‘zbekistondagi Ozarbayjonliklar, oliy ta'lim muassasalarining o‘qituvchi va talabalari, jurnalistlar ishtirok etishdi.

Tadbirni kirish so‘zi bilan ochib bergan Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchisi Husayn Guliyev o‘z chiqishida dunyodagi Ozarbayjonliklarning birdamlik kuni haqida ma'lumot berdi. Eslatib o‘tamiz, 1991-yilning 16-dekabr kunida Naxchivon Muxtor Respublikasining Oliy Majlisida buyuk yo‘lboshchi Haydar Aliyevning Qarori asosida 31-dekabr kuni dunyodagi Ozarbayjonliklarning birdamlik kuni sifatida e'lon qilingan.

Husayn Guliyev vatandoshlarimizning birdamligi va ularning Vatanni ulug‘lash fikri atrofida birlashtirilishi g‘oyasi Umummiliy Lider Haydar Aliyevning xalqimiz oldida eng buyuk tarixiy xizmatlaridan biri va birdamlik kunining dunyoning turli mamlakatlarida yashovchi millionlab yurtdoshlarimizning bayrami ekanini qayd etdi.

Elchi yo‘lga qo‘yilgan 2023-yilning Ozarbayjon-O‘zbekiston munosabatlari uchun muvaffaqiyatli, samarali yil bo‘lganini, o‘tgan yilda davlat rahbarlarining o‘zaro uchrashuvlari, safarlari amalga oshirilgani, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarning allaqachon strategik ittifoqlikka ko‘tarilganini qayd etdi.

So‘ngra Ozarbayjon-O‘zbekiston munosabatlarining mustahkamlanishida xizmat ko‘rsatgan bir guruh san'at xodimlari va jurnalistlarga Faxriy diplom, maxsus statuetka taqdim etildi.

Tadbir so‘nggida Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan tayyorlangan bayram konserti namoyish etildi.

Konsert dasturida Ozarbayjon xonandalari Ra'no Azizova, shuningdek O‘zbekistonlik Davron Qodirov Ozarbayjon musiqa, qo‘shiqlaridan ijro etdi, taniqli soz ustasi Ilhom Abdullayev esa milliy kuy-musiqalardan namunalar chalib, ishtirokchilarning dilidan joy oldi.

Ozarbayjon Madaniyat Markazida faoliyat ko‘rsatadigan "Ozarbayjon" raqs ansambli tomonidan esa milliy raqslarimiz ijro etildi.

29.12.2023



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint