Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Ozarbayjon Madaniyat Markazi Haydar Aliyevga bagʻishlangan “Xalqqa bagʻishlangan umr lahzalari” xalqaro onlayn konferensiyasida qatnashdi.


Bishkekda faoliyat yuritadigan Turktilli Davlatlar siyosatini qoʻllab-quvvatlovchi Fondi koʻmagi bilan Ganja shahar Markaziy kutubxonasining 24-sonli kutubxona filiali moderatorligida ulugʻ rahbar Haydar Aliyevning 100 yilligiga bagʻishlangan “Xalqqa bagʻishlangan umr lahzalari” xalqaro onlayn konferensiya tashkil etildi.

Konferensiyada 40 mamlakatdan 11 ga yaqin taniqli davlat, fan, madaniyat va ijtimoiy-siyosiy arboblar ishtirok etdi.

TDSDF Prezidenti Nusrat Mammadov buyuk rahbar Haydar Aliyevning hayoti va faoliyati haqida toʻxtalib, uni dunyoga mashhur siyosatchi deb eʼtirof etdi.

Turkiyadagi zilzila epitsentri boʻlgan Xatay shahridan videokonferensiyada ishtirok etgan TURKSOY Bosh kotibi Sulton Raev buyuk rahbar Haydar Aliyev haqidagi taassurotlari haqida oʻrtoqlashdi.

Onlayn konferensiyada Qozogʻiston va Qirgʻiziston xalq shoiri, Qozogʻiston Milliy Qahramoni Muxtor Shoxanov, Xalq yozuvchisi Chingiz Abdullayev, akademiklar Nizomiy Jafarov, Yoqub Mahmudov, Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi direktori Samir Abbasov, Qirgʻiziston Milliy Qahramoni, parlamentning sobiq aʼzosi Medetkan Sherimqulov, Ozarbayjonda xizmat koʻrsatgan sanʼat xodimi Faxriya Xalafova, Ozarbayjon tadbirkor ayollar uyushmasi raisi Zemfira Agʻayeva va boshqalar chiqish qilishdi. Turkiyalik shoir-tarjimon Yusuf Aslanning Haydar Aliyevga bagʻishlangan sheʼri anjuman ishtirokchilari tomonidan qarsaklar bilan kutib olindi.

Ulugʻ rahbar Haydar Aliyevning 100 yilligi munosabati bilan konferensiya ishtirokchilari nomidan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevga “Haydar Aliyev yili” munosabati bilan tabrik xati yuborish hamda tadbirlardan birini joriy yilgi Turk Dunyosining Madaniyat poytaxti Shusha shahrida oʻtkazishga qaror qilindi.

Nusrat Mammadov konferensiya ishtirokchilarining maʼruzalari asosida kitob tayyorlanishini bildirdi.

Fond “Sayyoraviy muloqot” filmining taqdimotini Shushada oʻtkazishni taklif qildi.

11.03.2023

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint