Oʻzbekistonda ilk marta oʻtkazilgan “Shusha kunlari”ning ochilish
marosimi oʻtkazildi.
Shusha shahrining Turk dunyosining Madaniyat poytaxti deb eʼlon qilinishi munosabati bilan Xalqaro Turk Madaniyati va Merosi Fondi tashabbusi hamda Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi asosida Oʻzbekistonda “Shusha kunlari”ning rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida tashkil etilgan tadbirda Oʻzbekiston Respublikasining Madaniyat va Turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov, Xalqaro Turk Madaniyati va Merosi Fondi prezidenti Gunay Afandiyeva, Ozarbayjonning Oʻzbekistondagi elchisi Husayn Guliyev, Oʻzbekistonning Madaniy Meros Agentligi rahbari Bahodir Abdukarimov, Toshkentta akreditatsiyadan oʻtgan Turkiy davlatlarning elchixona, davlat va hukumat namoyandalari, turli millat vakillari, jurnalistlar ishtirok etishdi.
“Shusha kunlari” tadbirlari doirasida Shushaning madaniyati, adabiyoti, sanʼati va tarixiga oid qardosh oʻlkada xalqaro konferensiyalar, kitob taqdimoti, surat va nashrlardan iborat koʻrgazma, Qorabogʻga oid milliy kiyimlar namoyishi, sheʼriy komzpozitsiyalar va konsertlarning oʻtkazilishi nazarda tutilgan.
Tadbir ishtirokchilari avvalo, Madaniyat Markazining oldidagi Umummilliy Lider Haydar Aliyev byustiga hamda “Shahidlar va Zafar” obida kompleksiga gulchambarlar qoʻyishdi.
Ozarbayjon Madaniyat Markazi foyesida mehmonlarga “Ozod va gullagan Shusha” nomli foto va nashr koʻrgazmasi taqdim etildi.
Madaniyat Markazining katta konferensiya zalida davom etgan tadbirni kirish soʻzi bilan ochgan Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov Oʻzbekistonda ilk marta oʻtkazilayotgan “Shusha kunlari” qator tadbirlarining faqatgina Ozarbayjon madaniyati uchun emas, balki Oʻzbekiston madaniy-ijtimoiy hayoti uchun ham muhim hodisa ekanini qayd etdi.
U, Shushaning Ozarbayjon madaniyati, musiqasi, sheʼriyatida tutgan oʻrni haqida soʻzlab, 44 kunlik Vatan muhorabasi natijasida Ozarbayjon madaniyati poytaxtining ozod etilgani,
Prezident Ilhom Aliyev tomonidan shaharning Ozarbayjon madaniyatining poytaxti deb eʼlon qilingani hamda TURKSOY tashkiloti tarafidan 2023-yil uchun Turk madaniyatining poytaxti deya eʼlon qilinishi haqida qaror qabul qilinganiga urgʻu qaratdi. Diplomat shuningdek, Shushaning nafqat Ozarbayjon uchun, balki butun Turk dunyosi uchun madaniyat poytaxti ekanini bildirdi.
Tadbirda chiqish qilgan Ozarbayjonning Oʻzbekistondagi elchisi Husayn Guliyev Shusha shahrining Ozarbayjon davlati va xalqi uchun xususiy mulki, shaxsiy hududi ekanini urgʻulab, uning uzoq yillar mobaynida armanlar istilosi ostida qolishi, shaharning vayron etilib, tarixiy obidalari buzib yuborilganini taʼkidladi. U Shushaning armanlar zulmidan ozod boʻlishi muhim tarixiy hodisa ekani, hozirgi kunda shaharda olib borilayotgan qurilish ishlari va oʻtkazilayotgan xalqaro tadbirlar har bir ozarbayjonlikda gʻurur hissini hosil qilayotganini aytib oʻtdi.
Xalqaro Turk Madaniyati va Merosi Fondi prezidenti Gunay Afandiyeva bu yil yuz yilligi nishonlanadigan Turk dunyosining buyuk oʻgʻloni Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida “Shusha kunlari”ning ochilish marosimi oʻtkazilishini buyuk hodisa deya atadi. U Shusha shahrining Turk dunyosining Madaniyat poytaxti deb eʼlon qilinishi munosabati bilan oʻzi rahbarligi ostidagi Fond tomonidan dunyoning koʻplab oʻlkalarida “Shusha kunlari”ning oʻtkazilishi nazarda tutilayotgani, ilk tadbir Bursada hamdajoriy yilgi ilk tadbirning Oʻzbekistonda oʻtkazilayotganiga eʼtibor qaratdi.
Gunay xonim Shushaning Ozarbayjon madaniyati, adabiyotiga taqdim qilgan tuhfalari haqida gapirib, shaharning musiqamiz, mugʻomimiz, sheʼriyatimiz beshigi ekanini qayd etib, uning boy madaniy sanʼatini butun dunyoga tanitish lozim ekanini bildirdi. Fond prezidenti Qorabogʻ xonligining markazi boʻlgan hamda qalʼa shahar hisoblangan Shushaning juda koʻplab adiblar, bastakorlar, va mutafakkirlarning vatani ekani, bu shahar oʻzining koʻplab ajoyib obidalari ila mashhur ekaniga eʼtibor qaratdi.
“Shusha kunlari”ning oʻtkazilishini umumiy ildizning birlashishi, xalqlarimiz madaniyati, qadriyatlar va urf-odatlarning birlashishi, Shusha shahrining ular oʻrtasidagi hamkorlik maydoniga aylanishi hamda turkiy dunyoda yangi davrning boshlanishi deya taʼkidladi.
Konferensiyada chiqish qilgan Oʻzbekiston Respublikasining Madaniyat va Turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov Oʻzbekiston va Ozarbayjon orasida soʻnggi yillarda yanada mustahkamlangan siyosiy aloqalar haqida gapirib, ikki oʻlka orasidagi yuksak saviyali madaniy aloqalar xususida ham toʻxtalib oʻtdi.
Vazir Oʻzbekistonda oʻtkazilgan Xalqaro Turk Madaniyati va Merosi Fondi loyihasi doirasida amalga oshirilgan “Shusha kunlari” tadbirlariga yuqori baho berib, bu nafaqat Ozarbayjon madaniyati, balki Oʻzbekiston madaniyati uchun ham muhim va ahamiyatli voqea ekanini bildirdi. Ozodbek Nazarbekov Shushani Ozarbayjonning yuragi deya atab, shaharga qiziqishini va uning boy madaniy merosiga qoyil qolishini taʼkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, Shusha shahrining Turk dunyosining madaniy poytaxti deb eʼlon qilinishi barcha Turkiy davlatlar uchun faxrli va gʻururli hodisadir.
Tadbirda soʻzga chiqqan Turk davlatlari Parlament Assambleyasi Bosh kotibi Mehmet Surayyo Er va Oʻzbekiston Madaniy meros Agentligi direktori Bahodir Abdukarimov Xalqaro Turk Madaniyati va Merosi Fondi bilan hamkorlik muhimligini bildirib, ushbu loyiha mamlakatlarimiz oʻrtasidagi birdamlik va hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilishini qayd etdi.
Ular meʼmorchilik va shaharsozlik sanʼatining yuksak saviyasini, tarixiy Shusha shahrining Turk dunyosining madaniy poytaxti deb eʼlon qilinishi uni butun turkiy olamning birligi va birdamligining yangi ramziga aylantirganini, Shushaning Oʻzbekistonning Xiva shahri bilan qardoshlashishi muhim tarixiy hamda madaniy ahamiyatga ega ekaniga urgʻu qaratdi.
Undan soʻng tadbir ishtirokchilari Xurshidbonu Notavon haqida hujjatli film tomosha qilishdi. Xalqaro Turk Madaniyati va Merosi Fondi loyihasi asosida tayyorlangan hujjatli filmdan Ozarbayjon adabiyotining taniqli namoyandasi, Qorabogʻli shoira Xurshidbonu Notavon hayoti va ijodiga doir, ham hujjatli, ham badiiy sahnalar joy olgan. Filmning senariy muallifi Ulviye Haydarova, rejissor Zahro Guliyevadir. Bosh rolni Ozarbayjon xalq artisti Mehribon Zaki ijro etgan.
Tadbirning badiiy qismida Oʻzbekiston xalq artisti, “Yalla” ansamblining badiiy rahbari Farrux Zokirov, ozarbayjonlik musiqachilar Nisbat Sardayeva, Rustam Muslumov, Elnur Salahovlardan iborat mugʻom triosi ijrosida Ozarbayjon va oʻzbek qoʻshiqlari, mugʻomlar ijro etilib, Ozarbayjon Madaniyat Markazining “Ozarbayjon qizları” Raqs Ansambli va dunyoga mashhur “Oʻzbegim yoshlari” musiqiy raqs guruhining rang-barang chiqishlari tomoshabinlar hukmiga havola qilindi.
Marosimda Xalqaro Turk Madaniyati va Merosi Fondi prezidenti Gunay Afandiyeva tomonidan Oʻzbekistonda “Shusha kunlari” munosabati bilan rasmiy mehmonlar va tashkilotchilarga esdalik sovgʻalari hadya qilindi.
12.04.2023