XABARLAR 2023
O'zbekiston-Ozarbayjon Do'stlik jamiyati 20-yanvar milliy motam kuni munosabati bilan Ozarbayjon xalqiga hamdardlik bildirdi.
Shu munosabat bilan Do'stlik Jamiyati O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markaziga xat yo'lladi. Maktubda qayd etilishicha, Ozarbayjon tarixiga "Qonli Yanvar" fojiasi sifatida yozilgan 20-yanvar voqealari Ozarbayjonning ozodlik va mustaqillik yo'li, qahramonligi, shonli tarixi va qardosh xalq birligining yorqin ko'rsatkichidir.
O'zbekiston-Ozarbayjon Do'stlik Jamiyati rahbari Erkin Nuriddinov o'z maktubida Ozarbayjon xalqining ozodlik g'oyalarini bostirish maqsadida sodir etilgan ushbu jinoyat qardosh xalqning mustaqillik uchun kurashdagi qat'iyatini buzmaganini, milliy ozodlik va mustaqillikni ta'minlashga kuchli turtki berganini ta'kidladi.
Shahidlarning qoni beiz ketmadi va bugungi kunda dunyo xaritasida Ozarbayjon deb nomlangan mustaqil davlatning nomi bor va bu davlat bayrog'i doimo yuksaklikda hilpiraydi, deyiladi maktubda.
Maktubda shahidlarning muborak qoni tufayli Ozarbayjon yerlari ozod bo'ldi va bugungi kunda mustaqil Ozarbayjon dunyoning rivojlangan davlatlari orasida barqaror rivojlanib, mintaqaning yetakchi davlatiga aylanmoqda.
Maktub so'nggida, O'zbekiston-Ozarbayjon Do'stlik Jamiyati 20-yanvar voqealarida qurbon bo'lganlarning oilalariga, aka-uka va opa-singillarga, Vatan ozodligi va suvereniteti uchun shahid bo'lgan barcha shahidlar xotirasiga yana bir bor chuqur hamdardlik bildiradi.
O'zbek tilida bitilgan ushbu maktubni "O'zbekiston-Ozarbayjon" Do'stlik jamiyati maktubni ozarbayjon tilidagi shahidlar haqidagi quyidagi so'zlar bilan yakunlagan: "Shahidlar o'lmasdir, Vatan bo'linmas!".
21.01.2023