Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
1 2 3 4
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Ozarbayjon olimlari Oʻzbekiston universitetlarida Ozarbayjon tarixi va adabiyoti boʻyicha maʼruzalar oʻqishdi.


Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tashabbusi va tashkilotchiligida Ozarbayjon madaniyati, sanʼati, adabiyoti va tarixiga oid mavzularda Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlarining oʻquv dasturlariga muvofiq AMEA (Ozarbayjon Milliy Ilmlar Markazi)ning haqiqiy aʼzosi, filologiya fanlari doktori, professor Nizomiy Jafarov hamda Boku Davlat universiteti Arxeologiya va etnografiya kafedrasi mudiri, dotsent Karim Mammadov Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti talabalariga ozarbayjon va rus tillarida maʼruzalar oʻqib berishdi.

Maʼruzadan avval tarix va filologiya fakultetlarining ozarbayjonlik olimlari fakultetlarda tahsil jarayoni bilan tanishib, professor-oʻqituvchilar bilan uchrashib, fikr almashdilar. Fakultet rahbarlari universitetda tahsil olayotgan talabalarning Ozarbayjon adabiyoti, madaniyati va urf-odatlariga katta qiziqish bildirayotganliklarini taʼkidlashdi.

Ozarbayjonlik olimlar oʻzlari faoliyat koʻrsatayotgan oliy oʻquv yurtlari haqida gapirib, yoshlarning ilm-fan, bilim va tarixga munosabatini ijobiy baholadilar.

Soʻngra, Ozarbayjonlik olimlar akademik Nizomiy Jafarov va dotsent Karim Mammadov talabalarga Ozarbayjon adabiyoti va tarixi boʻyicha ilk maʼruzalarini oʻqishdi.

Universitetning filologiya fakulteti talabalariga maʼruza qilgan Nizomiy Jafarov oʻz maʼruzasida Ozarbayjon adabiyoti tarixi haqida batafsil toʻxtaldi. Shuningdek, talabalarga Ozarbayjon adabiyoti tarixi haqida umumiy tasavvur hosil qilishga harakat qilgan Akademik Dada Qoʻrquddan Koʻroʻgʻligacha, XX asr boshlaridagi Ozarbayjon adabiyoti, Ozarbayjon tili tarixi, umumiy Sharq adabiyoti tarixi va jahon adabiyotidan kelib chiqadigan mushtarak qadriyatlar, ozarbayjon adabiyotining oʻzbek adabiyoti bilan qiyosiy tahlili haqida bahs yuritdi.

Nizomiy Jafarov Ozarbayjon adabiyoti, tarixi, madaniyati va sanʼatiga oid maʼruzalarning Oʻzbekiston universitetlari oʻquv dasturiga kiritilishini yuksak baholab, ushbu maʼruzalarning muntazam ravishda oʻtkazish yanada samarali boʻlishi, bu Ozarbayjon olimlariga Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlarida, shu barobarida oʻzbek olimlariga esa Ozarbayjon taʼlim dargohlarida dars berish imkonini taqdim qilishi, bu albatta, foydadan xoli boʻlmasligini qayd etdi.

Universitetning Tarix fakulteti talabalariga maʼruza qilgan dotsent Karim Mammadov ikki talabaga Ozarbayjon xalqi, Ozarbayjon davlati tarixi bilan bogʻliq maʼlumot berdi. U oʻz nutqida turkiy xalqlarning umuman moddiy va maʼnaviy madaniy saviyasi haqida gapirib, etnografik maʼlumotlar berib, turkiy xalqlar yagona daraxt shoxlari ekaniga eʼtibor qaratib, ozarbayjon va oʻzbek xalqlari o'rtasidagi qadimiy tarixiy aloqalar, qadimiy maʼnaviy qadriyatlar haqida soʻzladi. Ozarbayjonlik olimlarning Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universitetidagi maʼruzalari ikki kun davom etdi.

Taʼkidlash joizki, Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tashabbusi va tashkilotchiligida Ozarbayjon madaniyati, sanʼati, adabiyoti va tarixiga oid mavzularning Oʻzbekiston oliygohlari oʻquv dasturlariga kiritilishi hamda ozarbayjonlik olimlarning Oʻzbekistondagi universitetlarda maʼruzalari loyiha doirasida kelgusi oʻquv yilidan davom ettirilishi rejalashtirilgan.

09.05.2023

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint