Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
  • bg14
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Oʻzbekistonda “Turk dunyosidan Shushaga ‒ Shushadan Turk dunyosiga” nomli kitob taqdimoti oʻtkazildi.


Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida Ozarbayjon Respublikasi Yoshlar jamgʻarmasi koʻmagida Dunyo Yosh Turk Yozuvchilar Uyushmasi tomonidan amalga oshirilgan “Turk dunyosidan Shushaga ‒ Shushadan Turk dunyosiga” nashrining taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Oʻzbekistonning fan, madaniyat va sanʼat namoyandalari, shoir va yozuvchilar, universitet professor-oʻqituvchilari, yurtdoshlarimiz, oʻzbek xalqi vakillari hamda talabalar ishtirok etdi.

Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov Shushaning tariximiz va madaniyatimizdagi roli xususida toʻxtalib, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning Shusha haqidagi nutqidan “Shusha Ozarbayjon uchun gʻurur, milliy oʻziga xoslik, madaniyat, sanʼat va tarixdir” degan iqtibosini keltirdi.

S. Abbasovning taʼkidlashicha, qadimiy tarixiy ildizlarga va keng geografiyaga ega boʻlgan turkiy madaniyat allaqachon Shushada birlashgan boʻlib, ushbu maftunkor shahar turkiy xalqlar oʻrtasidagi madaniy koʻprikni birlashtirish vazifasini oʻz zimmasiga olgan. Diplomat 2023-yilda TURKSOY tomonidan Ozarbayjon madaniyatining beshigi, qadimiy Shusha shahri ‒ Turk dunyosining madaniy poytaxti deb e'lon qilinganini qayd etdi.

U oʻz tashkiloti tomonidan Shusha yili munosabati bilan amalga oshirilgan loyihalar haqida gapirib, “Turk dunyosidan Shushaga ‒ Shushadan Turk dunyosiga” nashrining taqdimoti TURKSOY tomonidan Shusha shahri deb e'lon qilinishi munosabati bilan Oʻzbekistonda oʻtkazilgan birinchi tadbir ekanligini aytdi. Shuningdek, uning taʼkidlashicha, nashrdan turkiy dunyoning 17 nafar shoir va yozuvchisining Shusha haqidagi sheʼrlari va hikoyalari oʻrin olgan.

Oʻzbekiston Yozuvchilar Uyushmasi rais oʻrinbosari, shoir Gʻayrat Majid safar taassurotlari haqida toʻxtalib, Shushaning qadimiy tarixi, boy madaniyati, sheʼriyati hamda betakror anʼanalarga ega noyob shahar ekaniga urgʻu qaratdi. U ushbu qadimiy shaharning har mahallasida oʻz masjidi, bulogʻi, hammomi borligini, Shusha shoirlar, qoʻshiqchilar, taniqli madaniyat va sanʼat namoyandalarining vatani ekanligini taʼkidladi.

Oʻzbekiston Davlat Madaniyat va sanʼat instituti rektori, pedagogika fanlari falsafa doktori Eldor Shermanov Ozarbayjon-Oʻzbekiston madaniy va adabiy aloqalarining ahamiyati haqida gapirar ekan, ushbu aloqalarni oʻrnatishda muhim rol oʻynagan Ozarbayjon Madaniyat Markaziga minnatdorchilik bildirdi.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti kafedra mudiri, professor Nurboy Jabborov oʻz nutqida Shusha butun turkiy olamning gʻayrati va sharafi ekanligini, Shushaning Ozarbayjon tomonidan ozod qilinishi turkiy dunyo uchun ulkan gʻalaba va faxrli voqea ekanligini qayd etdi.

Professor Saodat Muhammedova, dotsent Gulbahor Ashurova, nashrdan hikoyasi joy olgan Nargiza Asadova va boshqalar “Turk dunyosidan Shushaga ‒ Shushadan Turk dunyosiga” kitobining mazmuni haqida toʻxtalishdi. Ular bunday nashrning turkiy dunyoni yaqinlashtirish uchun muhimligini taʼkidlashdi. Ozarbayjon Respublikasi yoshlar jamg'armasi vakili Zulfiya Yoqubova bilan Yoshlar Jamgʻarmasi faoliyati haqida maʼlumot berar ekan, ushbu loyiha Dunyo Yosh Turk Yozuvchilar Uyushmasi bilan hamkorlik natijasida yuzaga kelganiga urgʻu qaratdi.

Loyiha rahbari, Dunyo Yosh Turk Yozuvchilar Uyushmasi Rahbari, shoir Intiqom Yashar Ozarbayjon Madaniyat Markazi rahbariyatiga taqdimot marosimini tashkil etgani uchun minnatdorchilik bildirdi va bunday nashrlarni butun turkiy dunyoda nashr etish muhimligi haqida soʻzladi.

Tadbir yakunida bir guruh ziyolilarga Ozarbayjon yoshlar jamgʻarmasi va Dunyo Yosh Turk Yozuvchilar Uyushmasining faxriy yorliqlari topshirildi.

23.01.2023

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint