XABARLAR 2023
A.Pushkin nomidagi Samarqand markaziy kutubxonasiga Ozarbayjonga oid boy kitob kolleksiyasi hadya qilindi va kutubxonada Ozarbayjon Fondi yaratiladi.
Joriy yilning 31 may – 1 iyun kunlari Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi hamda tashkilotchiligida Toshkent va Samarqand shaharlarida Ozarbayjon musiqasi kunlari oʻtkazildi.
Tadbir doirasida Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan A.Pushkin nomidagi Samarqand mintaqaviy kutubxona-axborot markaziga boy kitob kolleksiyasi hadya qilindi. Kutubxonaning oʻquv zalida Ozarbayjon Madaniyat Markazi tarafidan sovgʻa qilingan kitoblar koʻrgazmasi ochilib, bir oy ichida ushbu nashrlarni namoyish etish rejalashtirilgan.
Avvalo, Samarqand mintaqaviy kutubxona-axborot markazi direktori Zebiniso Shodiyeva bilan Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov oʻrtasida uchrashuv oʻtkazilib, Samarqand kutubxona markazi bilan Ozarbayjon kutubxonalari ila hamkorlik aloqalari oʻrnatilishi, qoʻshma loyihalarni amalga oshirish, kutubxonada Ozarbayjon fondini yaratish muhokama qilinib, kelishuvga erishildi.
Soʻngra, mehmonlar uchun kutubxonaga ekskursiya tashkil qilinib, director Zebinisa Shodiyeva kutubxona faoliyati, uning axborot ta'minotini amalga oshirishdagi roli, kitobxonlarning kitobga boʻlgan qiziqishi, mutolaani ragʻbatlantirish uchun qilingan ishlar haqida toʻxtalib oʻtdi. U kutubxona bazasida elektron katalog va elektron kutubxona yaratilganini qayd etar ekan, ayniqsa, oʻquvchilarning faolligi va oʻqishga boʻlgan qiziqishi yuqoriligini taʼkidladi.
Zebinisa Shodiyeva Ozarbayjon Madaniyat Markazi bilan yaqin hamkorlik qilinayotgani hamda har yili Markaz tarafidan Ozarbayjonga doir nashrlar kutubxonaga sovgʻa qilinayotganini aytdi.
Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov Oʻzbekistonning kutubxona fondlarida Ozarbayjonga oid nashrlarning boyishida muhim loyihalar amalga oshirilayotgani, bugunga qadar Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan minglab kitoblar Oʻzbekiston kutubxonalariga hadya qilinganini eʼtirof etdi.
Oʻzi rahbarlik qilayotgan Markaz loyihasi bilan 100 dan ortiq nomad Ozarbayjonga doir asarlarning oʻzbek tilida tarjima qilinib, Toshkentda chop etilganini qayd etgan Samir Abbasov Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy Kutubxonasida Ozarbayjon Fondi tashkil etilganiga urgʻu qaratdi. U kelajakda A.Pushkin nomidagi Samarqand mintaqaviy kutubxona-axborot markazida Ozarbayjon fondi yaratilishini bildirdi.
Qayd etish lozimki, Samarqand Viloyat Kutubxonasi 1911-yilda tashkil etilib, 1937-yilda esa unga rus shoiri A.S.Pushkin nomi berilgan. Hozirda Viloat Markaziy kutubxonasining kitob fondi 650 ming nusxani tashkil etadi va har yili 37 mingdan ziyod inson kutubxonaning kitobxoniga aylanadi, kitoblarning umumiy tiraji 700 ming nusxadan oshadi.
Kutubxonada Germaniyaning Hyote Markazi tashabbusi ila Germaniya va Rossiya Elchixonalari gtomonidan Rossiya Fondi faoliyat yuritmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori bilan Samarqand shahrida Samarqand viloyat Kutubxona-axborot markazi zamonaviy uslubda bunyoq qilinib, restavratsiya qilindi, shuningdek, yuqori darajadagi axborot texnologiyalari bilan taʼminlandi.
06.06.2023