Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
  • bg14
  • bg15
  • bg16
  • bg17
  • bg24
  • bg1
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Ozarbayjon Madaniyat vaziri boshchiligidagi delegatsiya
Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon
Madaniyat Markaziga tashrif buyurdi.


TURKSOY tashkil etilganining 30 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasida oʻtkazilayotgan tadbirlarda ishtirok etish maqsadida ushbu mamlakatga tashrif buyurgan Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat vaziri Odil Karimli Toshkentdagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markaziga tashrif buyurdi.

Avvalo, Umummilliy Lider Haydar Aliyevning markaz oldiga oʻrnatilgan byustiga guldasta qoʻygan vazir Madaniyat Markazi hovlisida yaratilgan “Shahidlar” yodgorlik majmuasini ziyorat qildi. Shuningdek, vazir Ozarbayjon Madaniyat markazi qarshisidagi Haydar Aliyev koʻchasida oʻrnatilgan Umummilliy Liderning yodgorlik lavhasi bilan ham tanishdi.

Shundan soʻng, Madaniyat vaziri boshchiligidagi delegatsiya Umummilliy Lider Haydar Aliyev tavalludining 100 yilligi munosabati bilan Markazda tashkil etilgan Ozarbayjon-Oʻzbekiston Doʻstlik Muzeyida boʻlib, u yerda qardosh xalqning umumiy tarixiy ildizlari, milliy-maʼnaviy, madaniy qadriyatlari aks etgan eksponatlar, Oʻzbekiston davlatchiligi va sanʼati, adabiyot va madaniyat sohasiga alohida xizmatlari singgan ozarbayjonlarga oid burchak bilan tanishdi.

Vazir markazda tashkil etilgan kutubxona, raqs va rasm toʻgaraklari, Ozarbayjon tili kurslari bilan tanishgach, Ozarbayjon madaniyatini targʻib qiluvchi toʻgaraklar faoliyati va ona tilini oʻqitishda alohida oʻrin tutadigan kursni tahsinga loyiq deb atadi.

Muzeyda tashkil etilgan “Ozarbayjon gilamlari zali”ni koʻzdan kechirish chogʻida oʻz tavsiyalarini bergan vazir muzeyning mavjudligini Ozarbayjon xalqining xalq amaliy sanʼati anʼanalarini targʻiboti yoʻlidagi ulkan yutuq sifatida yuqori baholadi.

U Prezident Ilhom Aliyevning shaxsan ishtirokida Oʻzbekiston poytaxti Toshkentda ochilgan Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining ikki mamlakat oʻrtasidagi madaniyat va umuman gumanitar sohadagi hamkorlikni rivojlantirishdagi oʻrni, shuningdek, boʻlajak ishlar, loyihalar haqida ham toʻxtaldi.

Vazir xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan Ozarbayjon Madaniyat Markazlari milliy madaniyatimizni, ozarbayjon tilini targʻib qilish, har tomonlama doʻstlik va hamkorlikni rivojlantirish borasida muhim ishlarni amalga oshirayotganini taʼkidladi.

Umummilliy Lider Haydar Aliyevga bagʻishlangan fotokoʻrgazma va Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihalari doirasida nashr etilgan kitoblar koʻrgazmasi, Markaz foyesida Haydar Aliyevga bagʻishlangan nashrlar bilan tanishib, vazir Madaniyat Markazining oʻzbek tilida kitob nashr etish sohasida amalga oshirgan ishlarini olqishladi. Shuningdek, ikki mamlakat oʻrtasidagi tarixiy munosabatlar boʻyicha ilmiy-tadqiqot loyihalar yanada kengayishini bildirdi.

Madaniyat Markazida yaratilgan Ozarbayjon Davlatchiligi tarixi Muzeyi bilan ham tanishdi.

Shundan soʻng delegatsiya Madaniyat Markazida yaratilgan Haydar Aliyev muzeyi bilan tanishtirildi. Bu yerda Umummilliy Liderning hayoti va faoliyatini aks ettiruvchi eksponatlar, fotostendlar namoyish etilishidan tashqari, turli tadbirlar oʻtkazilayotgani qayd etildi.

Odil Karimli muzeyning xotira kitobiga samimiy soʻzlarini yozdi.
Ozarbayjon Madaniyat Markazi xodimlari bilan uchrashuv yakunida vazir boshchiligidagi delegatsiya Markaz faoliyatini yuqori baholab, uning faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.

20.06.2023

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint