Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

  • bg1
  • bg2
1 2
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Ozarbayjon Respublikasining madaniyat vaziri Toshkentda TURKSOYning bosh kotibi bilan koʻrishdi.


Avval xabar berganimizdek, Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat vaziri Odil Karimli Oʻzbekiston poytaxti Toshkentda Xalqaro Turkiy Madaniyat Tashkiloti ‒ TURKSOY tashkil etilganining 30 yilligiga bagʻishlangan tadbirlarda ishtirok etmoqda.

Safar doirasida Toshkentda Odil Karimli bilan TURKSOYning bosh kotibi Sulton Rayev oʻrtasida ikkitomonlama uchrashuv boʻlib oʻtdi.

TURKSOYning 30-yillik yubileyi munosabati vazir Bosh kotibni tabriklar ekan, tashkilotning turkiy xalqlarning adabiy va madaniy boyliklarini targʻib qilishdagi faoliyatiga yuqori baho berdi.

Mamlakatimiz hamda TURKSOY oʻrtasidagi aloqalarning yuqori darajasidan mamnun boʻlgan Odil Karimli Sulton Rayevga Ozarbayjonning qadimiy Shusha shahrini 2023-yil uchun “Turk dunyosining madaniy poytaxti” deb eʼlon qilgani va Shushada “Poytaxt yili”ning ochilish marosimida shaxsan ishtirok etgani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Bosh kotib Ozarbayjonning TURKSOY faoliyatini doimiy qoʻllab-quvvatlash muhimligini taʼkidlab, “Shusha ‒ Turk dunyosining madaniy poytaxti” yili ushbu qadimiy Ozarbayjon shahrining tarixiy va madaniy merosini yanada kengroq tarqatish uchun ajoyib imkoniyat ekanligini urgʻuladi.

Uchrashuvda “Shusha ‒ Turk dunyosining madaniy poytaxti” yili doirasida amalga oshirilishi koʻzda tutilgan tadbirlar hamda loyihalar xususida ham fikr almashildi.

20.06.2023

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint