XABARLAR 2023
Oʻzbekistonda Ozarbayjonning Milliy Qahramoni haqida kitob nashr qilindi.
Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining loyihasi doirasida Toshkentda Ozarbayjonning Milliy Qahramoni Iskandar Aznaurov hayoti va bosib oʻtgan jangovar yoʻli haqida oʻzbek tilida “Vatan uchun jon fido qilgan qahramonlar” (“Vətən üçün can fəda edən qəhrəmanlar”) nomli kitob dunyo yuzini koʻrdi.
Taniqli tadqiqotchi-jurnalist Mavlon Shukurzodaning izlanishlari natijasida yaratilgan nashrda birinchi Qorabogʻ urushida Ozarbayjon sarhadlari yaxlitligi uchun kurashda shahid boʻlgan Milliy Qahramon Iskandar Aznaurovning hayot va jangovar xizmati haqida toʻxtalinadi.
Nashr milliy qahramonning oilasi, qarindoshlari, Armanistonning yaqin ittifoqchilari bilan birgalikda Ozarbayjon yerlariga tajovuzi, Birinchi Qorabogʻ urushi haqida keng maʼlumot beradi. Kitobda muallif arman dashnoqlari tomonidan alohida shafqatsizlik bilan sodir etilgan Xoʻjayli qirgʻini, shuningdek, uning dahshatli oqibatlari haqida hikoya qiladi.
Shuningdek, kitobdan Iskandar Aznaurovning doʻstlari, oila aʼzolari, safdoshlari, yaqinlarining u bilan bogʻliq xotiralari joy olgan.
Keng oʻqirmanda qiziqish uygʻotadigan kitobda Milliy Qahramon Iskandar Aznaurov hayotining turli davrlarini aks ettiruvchi fotosuratlar, shuningdek, uning ota-onasi, farzandlari, doʻstlari va oilasining fotosuratlari mavjud.
Kitobning “Soʻzboshi” muallifi Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosovdir.
“Soʻzboshi”da qayd etilishicha, 1988-1993 yillarda Armanistonning Ozarbayjon hududiga daʼvolari va tajovuzlari natijasida Ozarbayjonning hududiy yaxlitligi va suvereniteti buzilgan, mamlakat hududining yuzdan yigirma foizigacha Armaniston qurolli kuchlari tomonidan bosib olingan, millionga yaqin yurtdoshlarimiz Ozarbayjon hududidan quvilgan. Ularning tugʻilgan joylari, shahar va qishloqlarimiz vayron boʻlib, vatandoshlarimiz etnik tozalashga duchor boʻlishgan, ular qochqin va majburiy koʻchmanchilarga aylanganlar.
Bu adolatsizlikni qabul qilmagan, Birinchi Qorabogʻ urushida Vatan ozodligi va daxlsizligi uchun kurashgan xalqimizning gʻayratli, mard oʻgʻillari jon berdi. Ana shunday qahramonlardan biri Ozarbayjonning Milliy Qahramoni, axiska turklaridan boʻlgan, Oʻzbekistonning qadimiy Buxoro shahrida tugʻilib, umrining koʻp qismini Oʻzbekistonda oʻtkazgan Iskandar Aznaurovdir.
Qadimgi ildizlarga ega uch qardosh turkiy xalq ‒ axiska, oʻzbek va ozarbayjon xalqlarining umumiy qahramon farzandi boʻlgan Iskandar Aznaurov Ozarbayjonning Gadabay tumanida arman bosqinchilari bilan boʻlgan janglarda, bosib olingan koʻplab yerlarimizni ozod qilish paytida mardlik koʻrsatgan hamda qahramonlarcha shahid boʻlgan.
Nashrda urgʻulanishicha, Iskandar Aznaurov kabi qahramon oʻgʻillarimiz boshlagan muqaddas kurashni tugʻilgan, oʻsgan, shakllangan vatanparvar Ozarbayjon yoshlari davom ettirib, qatʼiy Ozarbayjon armiyasining murosasiz kurashi, Oliy Bosh Qoʻmondon, Prezident Ilhom Aliyevning muvaffaqiyatli siyosati natijasida 30 yilga yaqin vaqt mobaynida bosib olingan Vatan tuproqlari ozod qilindi.
Taʼkidlash joizki, Ozarbayjon xalqining Umummilliy Lideri, Ozarbayjon Respublikasining sobiq Prezidenti Haydar Aliyevning 1995-yil 15-yanvardagi farmoni bilan katta leytenant Iskandar Suhrob oʻgʻli Aznaurov vafotidan keyin “Ozarbayjon Milliy Qahramoni” unvoni bilan taqdirlandi.
Kitobda Ozarbayjonning Birinchi vitse-prezidenti Mehribon xonim Aliyevaning fikri keltirilgan: “Bizning qahramon armiyamiz, qahramon yigitlarimiz bor. Ozarbayjon xalqi uchun har bir askarimiz qadrli va azizdir. Dunyodagi eng katta boylik hisoblangan jonini fido qilgan har bir farzandimiz Vatan nomi bilan Ozarbayjon tarixida qahramon boʻlib yashaydi”.
“Vatan uchun jonini fido qilgan qahramonlar” kitobi yosh avlodda Vatanga sadoqat, xalqqa muhabbat, vatanparvarlik tuygʻularini tarbiyalaydigan nashr namunasi sifatida tavsiya etiladi.
Yaqin kunlarda kitobning Oʻzbekiston va Ozarbayjonda taqdimotini oʻtkazish rejalashtirilgan.
29.08.2023