XABARLAR 2023
Toshkent Davlat Sharqshunoslik universitetida Ozarbayjon tilini o'qitish va Ozarbayjon Tili fakultetini tashkil etish bilan bog'liq munozaralar bo'lib o'tdi.
Yangi o'quv yili boshlanishi munosabati bilan O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida Toshkent Davlat Sharqshunoslik universitetida Ozarbayjon tilini o'qitish bo'yicha munozaralar bo'lib o'tdi.
Ta'kidlash joizki, Ozarbayjon Madaniyat Markazi tashabbusi va ko'magida o'tgan o'quv yilidan boshlab Toshkent Davlat Sharqshunoslik universitetining Turk filologiyasi fakultetida ozarbayjon tili o'qitilmoqda.
Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov Toshkent Davlat Sharqshunoslik universiteti vakili, Turk filologiyasi fakulteti dekani Jumali Shabanov bilan uchrashuvda universitetda ozarbayjon tilini o'qitish, bu yil madaniyat markazi ko'magida darslar o'tkazish, tegishli uslubiy qo'llanmalar bilan dars berish masalalari, o'quv qo'llanmalari, darsliklar va ularning sifati
muhokama qilindi.
Uchrashuvda kelgusi o'quv yilida Toshkent Davlat Sharqshunoslik universitetida oOzarbayjon Tili fakultetini tashkil etish, ushbu fakultetga Ozarbayjondan tegishli mutaxassislarni jalb etish yuzasidan fikr almashildi va ushbu yo'nalishda tegishli tuzilmalarga takliflar tayyorlash kelishib olindi.
30.08.2023