Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
  • bg14
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O‘zbekiston davlat televideniyesining “Manbalar soʻzlashganda” deb nomlangan ko‘rsatuvi Ozarbayjonning ishg‘oldan ozod qilingan Qorabog‘ viloyatiga bag‘ishlandi.


O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tashabbusi va ko‘magi bilan bir guruh O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari vakillari navbatdagi marta Ozarbayjonning ozod qilingan hududlariga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida ko‘plab ma’ruzalar va dasturlar tayyorlandi.

O‘zbekiston Davlat televideniyesining “Manbalar soʻzlashganda” ko‘rsatuvida 30 yildan so‘ng arman istilosidan ozod qilingan Ozarbayjonning Ag'dam, Fuzuliy, Shusha va Lochin viloyatlariga bag‘ishlangan ko‘rsatuv namoyish etildi. Taniqli jurnalist Dildora Hasanova boshchiligidagi teledasturda Ozarbayjonning ozod qilingan hududlaridagi bosqinning og‘ir oqibatlari, infratuzilmaning butunlay vayron bo‘lishi, Ozarbayjon davlati tomonidan amalga oshirilayotgan rekonstruksiya loyihalari yoritilgan.

Efirda, avvalo, Ag'dam shahrining armanlar ishg‘oli davrida vayron bo‘lgan qismi ko‘rsatilib, arman vandallari tomonidan xarobaga aylantirilgan shahar atom quroli qo‘llanilgan Yaponiyaning Xirosima shahriga qiyoslandi. Shaharda buzib tashlangan, toptalgan moddiy, tarixiy va diniy yodgorliklar, Ag'dam Juma masjidining ahvoli, Ag'damda olib borilgan rekonstruksiya ishlari haqida ma’lumotlar berilgan. Televizion loyihada Ozarbayjon davlati tomonidan shaharning zamonaviy talablarga javob beradigan tarzda rekonstruksiya qilinayotgani qayd etildi.

Keyintroq dasturda ozod qilingan Fuzuliy viloyatining armanlar tomonidan vayron qilingan qishloqlari, butunlay vayron bo‘lgan shahar manzarasi ko‘rsatilib, ishg‘olning dahshatli natijasi hayrat bilan qayd etildi. Jurnalist reportaj tayyorlar ekan, bosqinchilar tomonidan nafaqat binolar va infratuzilma, balki tabiat ham vayron bo‘lganini ta’kidlab, manzara naqadar dahshatli ekanini namoyish etadi.

Dasturda, shuningdek, yangi tashkil etilgan Fuzuliy xalqaro aeroporti, O‘zbekiston davlati mablag‘lari hisobidan qurilgan Fuzuliy shahri, Mirzo Ulug‘bek nomidagi 1-umumta’lim maktabi, Fuzuliy shahrida amalga oshirilgan rekonstruksiya va qurilish ishlari haqida ham batafsil maʼlumot berildi.

Shusha shahridagi jurnalist media-tur doirasida Shusha Ozarbayjonning qadimiy shahri ekanligini ta’kidlab, bu zamin Ozarbayjon madaniyati va musiqasining beshigi ekanini bildirdi. Jurnalist D.Hasanova Shushaning sirli tabiati haqida gapirar ekan, bu yer dunyodagi eng go‘zal hududlardan biri ekanligini eʼtirof etdi.

Media-turning ertasi kuni Lochin shahriga tashrif buyurgan jurnalist Ozarbayjon davlati tomonidan shaharda amalga oshirilgan rekonstruksiya ishlari va katta qaytish haqida keng reportaj tayyorladi.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi tashabbusi va ko‘magi bilan har yili O‘zbekistonning bir guruh yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillari Ozarbayjonning ozod qilingan hududlariga tashrif buyurib, reportajlar, ko‘rsatuvlar, hujjatli filmlar tayyorlaydi.

05.09.2023

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint