XABARLAR 2023
O‘zbekistonda “Ipak yo‘li durdonasi” xalqaro kinofestivali doirasida
“Ozarbayjon kinosi kuni” bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan “Ipak yo‘li durdonasi” XV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida Ozarbayjon kinosi kuni bo’lib o’tdi.
O‘zbekiston Kinematografiya agentligi, Ozarbayjon va O‘zbekiston Madaniyat Vazirliklari, Ozarbayjon Madaniyat Markazi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Ozarbayjon va O‘zbekiston Madaniyat vazirliklari mutasaddilari, ikki mamlakat kinematograflari, festivalda qatnashayotgan delegatsiyalar, madaniyat va kino sohasidagi yosh mutaxassislar, talabalar va mahalliy ozarbayjonliklar ishtirok etdi.
Dastavval Ozarbayjon delegatsiyasi, mehmonlar va ishtirokchilar markaz oldidagi “Shahidlar bog‘i”dagi Buyuk Yo‘lboshchi Haydar Aliyev haykali poyiga gullar qo‘ydi.
So‘ngra Madaniyat Markazi foyesida Ozarbayjon kinosi – 125 va Buyuk Yo‘lboshchi Haydar Aliyevga bag‘ishlangan fotosuratlar va kitoblar ko‘rgazmasi bilan tanishdilar.
Tadbirni kirish so‘zi bilan ochgan Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov uzoq rivojlanish davrini bosib o‘tgan Ozarbayjon kinosi, erishayotgan yutuqlari haqida gapirdi. Ozarbayjon kinosi yaratilgan kundan boshlab ozarbayjonliklarga, milliy tafakkur va mafkuraga xizmat qilib kelayotganini, filmlar O‘zbekistonda hamisha katta qiziqish bilan kutib olinayotganini aytildi. Diplomat Ozarbayjon kino san’atini yuksak qadrlaydigan umummilliy yetakchi Haydar Aliyevdan ham iqtibos keltirdi: “Ozarbayjon xalqining ko‘plab avlodlari kino tomonidan tarbiyalangan, shakllangan, rivojlangan va kino ta’sirida madaniyatga qo‘shilgan. Xalqimiz taraqqiyotida kinoning o‘rni beqiyos”.
Ozarbayjon Madaniyat vazirligi maslahatchisi Orxan Fikretog‘lu, O‘zbekiston Kinematografiya agentligi vakili, Kino muzeyi direktori Gulnora Mahmudova mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni rivojantirishda madaniy sohadagi hamkorlikning o‘rni katta ekanini ta’kidlab, mumtoz va zamonaviy filmlar haqidagi materiallarni saqlash yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar haqida so’z ochdi. “Arshin mal alan”, “Qaynona”, “Ahmed qayerda” kabi Ozarbayjon mumtoz filmlari O‘zbekistonda juda mashhur bo‘lib, har yili ko‘p marotaba namoyish etilayotganini ta’kidlagan barcha so‘zga chiqqanlar Ozarbayjon va O‘zbekiston davlatlari rahbarlari Ilhom Aliyev va Shavkat Mirziyoyev mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarning barcha sohalarda rivojlanishini rag‘batlantirish, madaniyat sohasida bu yangi imkoniyatlar ochayotganini ta’kidladilar.
Tadbirda Ozarbayjon Milliy Majlisi Madaniyat qo‘mitasi raisi G‘anira Pashayeva vafoti munosabati bilan O‘zbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov bildirgan ta’ziyanoma o’qib eshittirildi va tadbir ishtirokchilari bir daqiqa sukut saqlab G‘anira Pashayeva ruhini yodga oldilar.
Ozarbayjon kinosi kunining ochilish marosimida rejissyor Elchin Musao‘g‘lining “Maryam” filmi namoyish etildi. Filmning asosiy syujeti Maryam ismli qizning uzoq yillardan so‘ng vafot etishini bilishi va ruhiy kasalxonada davolanayotgan otasini ko‘rish uchun Ozarbayjonga kelishidan iborat. Ota mehri, keksalarga hurmati, farzandlik sadoqati har qancha qiyinchiliklarga qaramay, oxirigacha otasining yonida bo‘lgan Maryam uning shifo topishi uchun oxirigacha astoydil kurashishidan iborat.
“Maryam” filmi tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.
Yakunda so‘zga chiqqan film rejissyori Elchin Musao‘g‘li filmning suratga olish jarayoni, asosiy maqsadi haqida gapirib, tadbir tashkilotchilariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
02.10.2023