XABARLAR 2023
O‘zbekistonning Toshkent shahri va Xorazm viloyatlarida “Ozarbayjon madaniyati va poeziyasi haftaligi” tashkillashtiriladi.
O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazining loyihasi va tashkilotchiligi bilan joriy yil 23-26-oktabr kunlari O‘zbekistonning Toshkent shahri va Xorazm viloyatlarida “Ozarbayjon madaniyati va poeziya haftaligi” tashkillashtiriladi.
“Ozarbayjon madaniyati va poeziya haftaligi” doirasida joriy yilning 23-oktabr kuni Ozarbayjon xalq shoiri Vohid Aziz bilan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Zamonaviy davr Ozarbayjon - O‘zbekiston adabiy aloqalari” mavzusida, shu qatorda xalq shoiri Vohid Aziz ijodiga ham doir tadbir kechasi tashkillashtiriladi.
24-oktabr sanasida esa O‘zbekiston san’at va madaniyat institutida Ozarbayjon poeziyasi va musiqasiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy tadbir tashkil etiladi. Tadbirda Ozarbayjon xalq shoiri Vohid Aziz bilan uchrashuv qilinadi, shoirning she’rlari yoddan aytiladi, yosh va mashxur xonandalarimiz, xalqaro musobaqalar lauretlari, maqom ijrochilari Mirolam Mirolimov va Komila Nabiyeva milliy musiqamiz, maqomlarimizni ijro etishadi, ayni damda O‘zbekistonda tanilgan soz ustasi Ilhom Abdullayev milliy soz musiqalari bilan, Ozarbayjon madaniyat markazi qoshidagi “Ozarbayjon qizlari” raqs ansambli esa milliy raqslar bilan chiqish qiladilar.
25-oktabr kunida esa O‘zbekistonning Xorazm viloyatidagi Urganch davlat universitetida tadbirlar davom qiladi, Ozarbayjon poeziya namoyandalari, san’at ustalarining ishtiroki bilan adabiy-badiiy, musiqali tadbir kechasi tashkil qilinadi.
O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazining loyihasi bilan tanilgan ozarbayjonlik yozuvchi, ijtimoiy xodim 1938-1940-yillarda Urganch davlat universitetining muallimi bo‘lgan Yusuf Vazir Chamanlining nomi ushbu universitetda abadiylashtiriladi. O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazining tashkilotchiligi bilan Urganch davlat universitetida Yusuf Vazir Chamanlining nomi bilan Ozarbayjon – O‘zbekiston do‘stlik markazi yaratilgan va Xorazm viloyatida bo‘lib o‘tadigan “Ozarbayjon madaniyati va poeziyasi haftaligi” doirasida ushbu markazning ochilishi ham nazarda tutilgan.
Markazda Ozarbayjon – O‘zbekiston do‘stligi, davlat rahbarlarimiz Ilhom Aliyev va Shavkat Mirziyoyevlarning uchrashuvlari, ularning do‘stligimiz bilan bog‘liq fikrlari, Ozarbayjon davlatchiligi, tarixi, madaniyati, adabiyotiga oid ko‘rgazmalar, burchaklar tashkil etiladi, Ozarbayjonga oid bo‘lgan kichik kutubxona va auditoriya faoliyat ko‘rsatadi.
Tadbirlar doirasida Urganch davlat universitetida Haydar Aliyev yili munosabati bilan uning shaxsiyyatiga bag‘ishlangan kitob va foto ko‘rgazma taqdim etiladi. Ozarbayjon madaniyat markazining loyihasi ila O‘zbekistonda 3 ta tilda (Ozarbayjon, o‘zbek va turk) nashrdan chiqqan “Haydar Aliyev – 100 ta so‘z” nomli kitobning, bundan tashqari, “Shusha – turk dunyosining madaniyat poytaxti” nomidagi 5 tilli (Ozarbayjon, o‘zbek, turk, rus, ingliz) ensiklopedik nashrning ham taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
“Ozarbayjon madaniyati va poeziyasi haftaligi” doirasida 25-oktabr sanasida Xorazm viloyatining markaziy konsert saroyida Ozarbayjon san’at ustalarining ishtirokida gala-konsert tashkillashtiriladi.
Tadbir doirasida O‘zbekistonning Xorazm viloyatidagi Urganch va Xiva shaharlarining kutubxonalariga O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazining nashrlaridan iborat boy kitob kolleksiyasi sovg‘a qilinadi.
Shuni ham aytish kerakki, Ozarbayjon madaniyat markazining tashabbusi bilan 2023-yili Shusha shahri va O‘zbekistonning Xiva shahari qardosh shahar sifatida e’tirof etilgan va bu borada shartnoma imzolangandir.
20.10.2023